Britaniyaning ICE birjasida Brent markasidagi neftning noyabr fyucherslari bir barreli uchun 89,6 dollardan sotilmoqda.Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Bugun, 30-sentyabr kuni fyuchers qiymatining maksimal pasayishi barrel uchun 87,89 dollar etib qayd etildi, bu avvalgi sessiya yopilishidagi narxdan 0,6 dollarga kam.
Brent fyucherslari narxining bosqichma-bosqich pasayishi iyun oyi boshidan buyon kuzatilmoqda, o‘shanda u bir barrel uchun 116,18 dollarni tashkil qilgan.
Amerikaning West Texas Intermediate (WTI) brendi nefti, aksincha, o‘rtacha o‘sishni ko‘rsatmoqda: hozir WTI neft fyucherslari 82,23 dollardan sotilmoqda, bu kechagi umumiy ko‘rsatkichdan 1,18 foizga yuqori.
Xuddi shunday, Urals neftining spot narxi ham barreli uchun 71,02 dollargacha (+1,44 foiz) o‘sib bormoqda.
Oy boshiga nisbatan Brent narxi taxminan 20 foizga arzonlashdi, 5 oktabr kuni OPEK+ vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, uning davomida ishlab chiqarish kvotasi potensial qisqarishi kutilmoqda.
Avvalroq Rossiyadan Osiyoga neft eksporti kamaymasligi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)