• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Dasturlar eskirgan, fanlar soni chet eldagidan ko‘p, sifati unday emas: Mirziyoyev arxitektura-qurilish sohasida ilm ancha ortda qolayotganini bildirdi

    Shavkat Mirziyoyev huzurida 27-sentabr kuni arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda mamlakatda bunyodkorlik ko‘lami oshdi, qurilishda murakkab texnologik yechimlar qo‘llanmoqda. Lekin soha bo‘yicha ta’lim va ilm bundan ancha ortda qolmoqda. Institutlardagi o‘quv dasturlari eskirgan. O‘qitiladigan fanlar soni chet eldagidan ham ko‘p, sifati unday emas. Ta’lim jarayoniga amaliyotchi mutaxassislar yetarli darajada jalb etilmagan. Zamonaviy fikrlaydigan injener-konstruktorlar yetishmayapti.

    2022-yil 6-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari bu masalaga alohida to‘xtalib, sohadagi oliy ta’lim muassasalarini transformatsiya qilish zarurligini aytgan edi. Taqdimotda Toshkent hamda Samarqanddagi arxitektura institutlarining o‘quv dasturlarini isloh qilib, ta’lim sifatini xalqaro darajaga olib chiqish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

    Mutasaddilar mazkur institutlarning o‘quv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish, yangi fakultetlar tashkil etish, ta’lim va ishlab chiqarishni uyg‘unlashtirish, ilmiy faoliyatni takomillashtirish rejalarini bayon qildi.

    Prezident bu takliflarni ma’qullab, ustuvor vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi. Avvalo, bakalavr yo‘nalishlari sonini qayta ko‘rib chiqib, fanlarni zamonaviy shaharsozlik va texnologiyalarga moslashtirish zarurligi ta’kidlandi. O‘qituvchilar uchun malaka talablari va bitiruvchilarning kompetensiyalarini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

    Institutlarga xorijiy tajribaga ega malakali mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, mahalliy professor-o‘qituvchilarni chet elga ilmiy stajirovkaga yuborish muhimligi qayd etildi. Bu borada Toshkent arxitektura-qurilish instituti Istanbul texnika universiteti bilan, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Yildiz texnika universiteti bilan ta’lim hamkorligini yo‘lga qo‘yadi.

    Ta’lim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida har bir kafedraga ishlab chiqaruvchi korxonalarni biriktirish, institutlar huzurida texnopark va inkubatsiya markazi tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Ularda energiya tejamkor qurilish materiallari yaratish, yetakchi kompaniyalar bilan mahorat darslari va amaliy treninglar o‘tkazish, ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish mumkin bo‘ladi.

    Shuningdek, ilg‘or muhandislik bilimlari asosida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydigan Oliy ilm-fan maktabi tashkil etilishi belgilandi. Institutlar huzuridagi akademik litseylarni ham takomillashtirib, A-level darajasidagi o‘quv dasturi va metodikasini joriy etish zarurligi qayd etildi.

    27.09.2022, 22:15   Izoh (0)   14619
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Daryo” kundaligida 27-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    27.09.2022, 21:40

    Haqoratomuz audiolar ortidan Surxondaryo viloyati hokimi jazolandi

    27.09.2022, 21:32

    “Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov

    27.09.2022, 21:22

    “Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi

    27.09.2022, 21:15

    G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi

    27.09.2022, 21:09

    O‘zbekistonning uchta hududida yer maydonini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

    27.09.2022, 20:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Malida “Al-Qoida”ga aloqador hujum sabab 80 nafar jangari o‘ldirildi

    Dunyo | 2 iyul, 15:35

    Hayot uchun xavfli: nima uchun tor kelib qolgan kiyimlardan qutulish kerak?

    Maslahatlar | 2 iyul, 15:20

    HAMAS Trampning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga javob qaytardi

    Dunyo | 2 iyul, 15:05

    Bolgariya va Ruminiya chegara nazoratini bekor qildi

    Dunyo | 2 iyul, 14:50

    Opta nashri Klublar o‘rtasidagi JCHda jamoalarning g‘alaba qozonish imkoniyatini baholadi

    Sport | 2 iyul, 14:45

    Donald Tramp saylov g‘alabalariga bag‘ishlab Victory 45-47 atirlarini taqdim etdi

    Layfstayl | 2 iyul, 14:35

    Fransiyada ochiq joylarda tamaki chekkanlar jarima to‘laydi

    Dunyo | 2 iyul, 14:20

    “To‘yga taklif qilinmasa ham, boraveradimi?” — Ravshan Komilovning videomurojaatiga javob berildi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 14:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.