Ayni daqiqalarda bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlar haqida gapirdi.
“Bunday xunuk holatlarni faqat biz emas, butun xalqimiz, keng jamoatchilik ko‘rib-bilib turibdi. Jamiyat uyg‘ongan, jamoatchilik nazorati kuchaygan bugungi zamonda hech bir mutasaddining yurish-turishi nazardan chetda qolmaydi.
Hurmatli prezidentimiz yuksak ishonch bildirib aytgan “Hokimlar — mening vakilim” degan so‘zlarini suiiste’mol qilib, bunday sharafli mas’uliyatni unutgan hokimlarni, xalqni aldash, maishatbozlik qilish, islohotlarga bepisand qarash bilan kun o‘tkazayotgan mas’ul shaxslarni kim deb atash mumkin?”, — dedi administratsiya rahbari.
Izoh (0)