Ayni daqiqalarda bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov oyog‘i yerdan uzilgan rahbarlarni tanqid qildi.
“O‘rganishlar natijasi va bizga turli manbalardan yetib kelgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim vazirlar va hokimlarning oyog‘i yerdan uzilib qolgan.
Ba’zi viloyat, tuman va shahar hokimlari, vazirlik yoki idoralarning mas’ul rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketganlar”, — dedi administratsiya rahbari.
Izoh (0)