Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovga jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Hokim Prezident qarori bilan o‘z faoliyatini davlat siyosati va amalga oshirilayotgan islohotlarga mos ravishda tashkil etmagani, hokimlarga qo‘yiladigan talablarga rioya etmasdan, majlis qatnashchilarini haqorat qilgani va bu bilan keng jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘lgani uchun jazolangan.
Sardor Umurzoqov ushbu jazoni e’lon qilar ekan, hokimga quyidagicha murojaat qildi:
“To‘ra Bobolov, siz o‘rnak bo‘lmayapsiz. Internetda chiqqan gaplarni montaj dedingiz. Lekin ekspertiza sizning ovozingizni tasdiqladi. Prezidentimiz topshirig‘i bilan sizga intizomiy jazo chorasi sifatida oylik ish haqining 40 foizi miqdorida jarima qo‘llandi.
Tegishli mutassaddilar Surxondaryo viloyatini kompleks o‘rgansin, muammolarga yechimi bilan taklif tayyorlasin, kerak bo‘lsa, aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan jinoiy ish ochishgacha bo‘lgan choralar ko‘rilsin”.
Izoh (0)