• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12715.13
    • RUB161.75
    • EUR14730.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” kundaligida 27-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 27-sentabrda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

    Rossiya Mudofaa vazirligi safarbarlik doirasida fuqarolarning harakatlanishi cheklanmasligini ma’lum qildi. Biroq chegarachilar rossiyaliklarga chiqishni taqiqlashni boshlagan

    Rossiya hukumati tomonidan e’lon qilingan safarbarlik mamlakat fuqarolarining harakatlanishi cheklanishini nazarda tutmaydi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

    “Rossiya Mudofaa vazirligi oydinlik kiritadi: Rossiya Federatsiyasida qisman safarbarlik o‘tkazilishi sharoitlarida fuqarolarning harakatlanishiga nisbatan cheklovlar nazarda tutilmaydi”, — deyiladi idoraning rasmiy Telegram-kanalida. Mudofaa vazirligi bayonotida gap Rossiya ichkarisida harakatlanish haqida yoki chet elga safarlar haqida borayotgani noaniq. Idora bu borada batafsil izohlar bermagan.

    25-sentabrdan chaqiriq yoshidagi erkaklar chegaradan chiqarilmayotgani haqida alohida xabarlar paydo bo‘la boshladi. Chegarachilar o‘z xatti-harakatlarini safarbarlik to‘g‘risidagi qonun bilan izohlamoqda. Huquqshunoslar bunday harakatlarni qonunga zid deb baholamoqda.26-sentabr kuni aeroportlardagi chegarachilarga safarbarlikka jalb etiladigan odamlar ro‘yxati berilgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu fuqarolardan chegarani kesib o‘tish uchun harbiy komissariatdan berilgan ma’lumotnomalar talab qilinmoqda.

    Rossiyada 3 ming nafargacha tibbiyot xodimlari safarbarlikka chaqirilishi mumkin

    Rossiyadagi qisman safarbarlik doirasida 3 ming nafargacha tibbiyot xodimlari chaqirilishi mumkin. Bu haqda Davlat dumasining sog‘liqni saqlash bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Dmitriy Xubezov “Interfaks”ga ma’lum qildi.

    Xubezovning aniqlik kiritishicha, bu raqamlar sog‘liqni saqlash va mudofaa qo‘mitalarida muhokama qilingan.Rossiyada tibbiyot xodimlarining barchasi (erkaklarga ham, ayollarga ham) uchun harbiy xizmat majburiy hisoblanadi.

    “Bu muammoni Qozog‘iston manfaatlaridan kelib chiqib hal qilamiz”. To‘qayev rossiyaliklar migratsiyasining kuchayishi sababli Moskva bilan muzokaralar olib borilishini aytdi

    Qozog‘iston hukumati Rossiya fuqarolarining respublikaga ommaviy kelishi fonida Rossiya bilan muzokaralar olib boradi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Turkiston viloyati jamoatchiligi bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

    Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 21-sentabrdan buyon respublikaga 98 mingga yaqin Rossiya fuqarosi kirib kelgan, shundan 64 ming nafari keyinchalik mamlakatni tark etgan.Yaponiyaning Rossiyadagi elchisi hibsga olindi

    Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Yaponiyaning Vladivostokdagi bosh konsulligi xodimi Motoka Tatsunori hibsga olingani haqida ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza. Xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, elchi “pul evaziga Rossiyaning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlaridan biri bilan hamkorligining dolzarb jihatlari, G‘arb sanksiyalarining Primorsk o‘lkasidagi iqtisodiy vaziyatga ta’siri to‘g‘risidagi maxfiy ma’lumotni olayotganda hibsga olingan.Yaponiya vakili persona non grata deb e’lon qilindi.

    Ushbu vaziyat yuzasidan, Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisi Mixail Galuzinni chaqirib, konsulning hibsga olinishi munosabati bilan unga norozilik bildirdi. Vazirlik rahbari Yosimasa Xayasi diplomat noqonuniy xatti-harakatlar qilmaganini aytib, Moskvadan rasmiy uzr talab qildi. Yaponiya elchisi hozir ozodlikda, u 28-sentabrgacha Rossiyani tark etishi kerak.

    Putin MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi

    30-sentabr kuni Moskvada Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlari majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya Tashqi razvedka xizmati ma’lum qildi.

    Tadbirda Rossiya vakillaridan tashqari, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston delegatsiyalari ishtirok etadi. Yig‘ilish razvedka faoliyati masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH mamlakatlari razvedka xizmatlari rahbarlariga videoaloqa orqali murojaat qilishi kutilmoqda.

    27.09.2022, 21:40   Izoh (0)   26793
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Haqoratomuz audiolar ortidan Surxondaryo viloyati hokimi jazolandi

    27.09.2022, 21:32

    “Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov

    27.09.2022, 21:22

    “Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi

    27.09.2022, 21:15

    G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi

    27.09.2022, 21:09

    O‘zbekistonning uchta hududida yer maydonini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

    27.09.2022, 20:59

    “Prezident siyosatiga xiyonatkor deb baholash mumkin”. Sardor Umrzoqov paxta terimida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan hokimlar jinoiy javobgarlikka tortilishini bil...

    27.09.2022, 20:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston TIV Eron va Isroildagi vatandoshlarga harbiy hamda boshqa davlat obyektlariga yaqinlashmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 23:59

    Hindistonda erkak smartfoniga chaqmoq urushi oqibatida halok bo‘ldi

    Dunyo | 16 iyun, 23:40

    “Isroil G‘arbning cheksiz qo‘llab-quvvatlashi tufayli Eronga hujum qildi” — Erdo‘g‘on

    Dunyo | 16 iyun, 23:30

    Tramp Kanadada o‘tkaziladigan G7 sammitida Zelenskiy bilan muzokaralar olib boradi

    Dunyo | 16 iyun, 23:20

    Nigeriya qariyb 30 yil oldin qatl etilgan “Ogoni-to‘qqizlik” a’zolarini vafotidan so‘ng afv etdi

    Dunyo | 16 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 16-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 16 iyun, 23:00

    “AQSH Isroilning Eronga hujum qilishiga yo‘l qo‘yib, xalqaro huquqni buzdi” — Eron prezidenti

    Dunyo | 16 iyun, 22:50

    Toshkentda katta miqdordagi giyohvandlik moddalarini tarqatgan “zakladchik” ushlandi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 22:40

    Florian Virts hafta oxirida “Liverpul”da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

    Sport | 16 iyun, 22:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.