Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lining aytishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga Kiyev bilan muzokaralarga qaytish imkoniyati haqida gapirgan, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Chavusho‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yetakchisi bu haqda Samarqanddagi SHHT sammiti doirasida turkiyalik hamkasbi bilan bo‘lib o‘tgan muzokarada aytib o‘tgan. Turkiya tashqi ishlar vazirining qo‘shimcha qilishicha, vaziyat kundan kunga qiyinlashib bormoqda.
“Prezidentimiz bilan muzokaralar chog‘ida janob Putin Kiyev bilan muzokaralarga qaytish imkoniyatini ma’lum qildi, ammo paydo bo‘lgan yangi shartlar asosida”, — dedi Chavusho‘g‘li Tokiodagi matbuot anjumanida.
Izoh (0)