Germaniya kansleri Olaf Sholsning koronavirusga topshirgan testi musbat chiqdi. U o‘zini izolyatsiyaga oldi, deb xabar bermoqda Germaniyaning N-TV telekanali.
Qayd etilishicha, Shols Fors ko‘rfazi mamlakatlarida ikki kunlik safarda bo‘lib qaytgandi. Siyosatchi COVID testining musbat natijasini 26-sentabr kuni olgan.
Unda kasallikning yengil simptomlari bor, u darhol o‘zini izolyatsiya qildi, deya ta’kidladi nashr Germaniya hukumati vakili Shteffen Xebstreytning so‘zlariga tayanib.
Avval Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida koronavirusga chalingani, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ham COVID-19 bilang og‘rigani haqida xabarlar berilgandi.
Izoh (0)