Respublika Gidrometeorologiya markazi 16—18-sentabrga ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 16-sentabr, juma kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand, Jizzax viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi 27-32 darajadan oshmaydi.
Dam olish kunlari respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 17-sentabr kuni tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati kechalari 11-16 daraja, kunduz kunlari 27-32 daraja atrofida bo‘lishi saqlanib turadi.
Izoh (0)