Ramzan Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li Ahmad Qodirov Chechenistondagi barcha bolalar va yoshlar tashkilotlarini boshqaradi.
Uning tayinlanishini Rossiya ta’lim vaziri Sergey Kravtsov tasdiqlagan. Moskvada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda u Ahmad Qodirovning otasi Ramzan Qodirov ta’lim tizimi va yoshlar tarbiyasiga katta e’tibor qaratayotganini ta’kidlagan. Uning ko‘magida respublikada bolalar va yoshlar tashkilotlari muvaffaqiyatli tarzda ish olib borayotgani aytilgan.
Biz Ahmad Ramzanovich nomzodini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz, — dedi Sergey Kravtsov.Harakat Rossiya Ta’lim vazirligi va Yoshlar masalalari agentligi tomonidan nazorat qilinadi.
Izoh (0)