Fransiyaning Air France aviakompaniyasi mamlakatdagi aviadispetcherlarning ish tashlashi sabab 16-sentabr kuniga belgilangan reyslarining yarmini bekor qilmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 16-sentabr kuni 800 ta reysdan 400 tasi bekor qilinadi. Bu shuni anglatadiki, Air France o‘sha kunga belgilangan qisqa va o‘rta masofali reyslarning 45 foizini, uzoq masofali reyslarning taxminan 90 foizini amalga oshiradi.
14-sentabr kuni ertalab Fransiya fuqaro aviatsiyasi ma’muriyati aviakompaniyalardan Fransiya aeroportlaridagi reyslar sonini ikki baravar kamaytirishni so‘radi, yo‘lovchilarni esa dispetcherlarning ish tashlashi sabab juma kuni reyslar jadvali o‘zgarishi haqida ogohlantirdi.
Yevropa fuqaro aviatsiyasi sanoati koronavirus pandemiyasidan keyin yo‘lovchilar oqimining ko‘payishi fonida oxirgi paytlarda xodimlar yetishmayotgani va ish haqini oshirish talabi bilan ish tashlashlar bo‘layotgani tufayli ko‘plab muammolarga duch kelmoqda.
Izoh (0)