Donald Trampga qarshi jinoiy ish olib borgan sobiq prokuror Jyek Smitga nisbatan tekshiruv boshlandi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Tergov tashabbuskori respublikachi senator Tom Kotton hisoblanadi. U Smitni 2024-yilgi prezidentlik saylovlari natijasiga ta’sir o‘tkazishga urinishda ayblagan. Tergov federal xodimlaria siyosiy maqsadlarda lavozimidan foydalanishni taqiqlovchi Hatch Act (Xetch akti) qonunining ehtimoliy buzilishi bilan bog‘liq.
Iyul oyida amaldagi prezident Donald Trampga qarshi jinoiy va ma’muriy ishlar olib borgan AQSH Adliya vazirligining 20 dan ortiq xodim ishdan bo‘shatilgandi. Ular maxsus prokuror Jek Smit bilan birgalikda Trampga qarshi ikkita ish — maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlash va 2020-yilgi saylov natijalarini bekor qilishga urinish bo‘yicha ish olib borgan.
Ushbu bo‘shatishlar Adliya vaziri Pem Bondi tomonidan Bayden ma’muriyatining huquqni muhofaza qilish siyosatini qayta ko‘rib chiqish uchun tashkil etilgan “maqsadli ishchi guruh” tavsiyasi asosida amalga oshirilgan.
Izoh (0)