Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida turli jinoyatlar sodir etgani uchun qidiruvga berilgan fuqaro qo‘shni viloyatdan topildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Qarshi shahar “Gungon” MFYda yashovchi Sh.D. bezorilik, tan jarohati yetkazish va yana boshqa qonunbuzarliklarni sodir etgani uchun viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga jalb etilgan. Shunga qaramay, u tergovdan qochib yurgan. Natijada unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Qarshi shahar IIO FMB xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida qochoq Surxandaryo viloyati Sariosiyo tumanida ushlangan.
Izoh (0)