• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12615.07
    • RUB162.02
    • EUR14754.59
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “57 kunda Makkaga yetib bordik” — velosipedda Umraga borgan farg‘onalik otaxon safar taassurotlari haqida

    Ijtimoiy tarmoqlarda farg‘onalik 66 yoshli otaxon velosipedda Hajga borgani haqida xabarlar tarqaldi. Otaxonning qariyb uch oylik safari bilan bog‘liq qiziq ma’lumotlarni eshitib, xonadoniga bordik. Yo‘l mashaqqatlari va ziyorat taassurotlari haqida suhbatlashdik.

    Ahatali Mahkamov Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanidagi Xitoy qishlog‘ida yashaydi. Yoshligidan velosipedda sayohat qilishga qiziqadi. Hajga velosipedda borishni niyat qilgach, bu yumush bilan astoydil shug‘ullana boshlagan. Uch yil davomida Bag‘dod tumanidan Marg‘ilon shahrigacha bo‘lgan 60-70 kilometr masofani velosipedda bosib o‘tishga ko‘nikkan. Shundan so‘ng uzoqroq masofaga sayohat qilib, o‘zini sinab ko‘rishga qaror qilgan. Avval Toshkent, keyin Samarqandga velosipedda qilingan safarlar otaxonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlagan.

    Ahatali Mahkamov

    Ahatali Mahkamov
    Foto: Ahatali Mahkamovning shaxsiy arxividan

    Otaxon 2022-yilning iyun oyida yaxshi niyat bilan Umra ziyoratiga otlanadi. Tojikiston, Qozog‘iston, Rossiya, Gruziya va Turkiya orqali 57 kun yo‘l yurib Makka shahriga yetib boradi.

    Foto: Ahatali Mahkamovning shaxsiy arxividan
    Yoshligimdan velosiped minishga qiziqaman. Biror joyga bormoqchi bo‘lsam, yengil mashina yo jamoat transportidan ko‘ra velosipedda yurishni afzal ko‘raman. Ko‘pdan beri Haj safariga ham velosipedda borishni niyat qilardim. Bu niyatimni amalga oshirish uchun yillar davomida mashq qildim. Uch yil uydan Marg‘ilon shahriga velosipedda qatnadim. Oradagi masofa bir tomonga qariyb 60-70 kilometrni tashkil qiladi. Shundan so‘ng o‘zimni sinab ko‘rish uchun Toshkent va Samarqand shaharlariga sayohat qildim. Bu safarlardan keyin o‘zimga nisbatan ishonch paydo bo‘ldi, Saudiyaga boraman, degan qarorga keldim.

    Tayyorgarlik ishlarini tugatib, yaxshi niyat bilan Uchko‘prik tumanida yashovchi sherigim bilan safarga otlandik. Iyunning boshlarida yo‘lga chiqib, shu oyning 13-kunida Tojikiston chegarasidan o‘tdik. Xorazm, Qoraqalpog‘iston orqali Qozog‘istonga bordik. Qozog‘iston bo‘ylab uzoq yurganimizdan keyin Rossiyaga qatnaydigan yuk mashinalariga duch keldik. Haydovchilar Marg‘ilondan ekan. Bizni to‘xtatib, quvvat bo‘ladi, yo‘lda charchamay yurasizlar deb, novvot choy bilan mehmon qilishdi. 10 kilometrdan keyin qumlik sahro keladi, u yerlarda velosipedda yurib bo‘lmaydi, deyishdi. Keyin sheriklariga telefon qilib, ikki kishi Umra ziyoratiga ketyapti, ularni o‘sha qumliklardan o‘tkazib qo‘yinglar, deb aytishdi. Aytilgan joyga yetib bordik, namanganlik yigitlar ekan, bizni qumliklardan o‘tkazib qo‘yishdi.

    Rossiya chegarasidan velosipedda o‘tishga ruxsat berishmadi. Piyodalarga yo‘l yo‘q ekan. Chegaradan poyezdda o‘tib oldik. Undan keyin Chechenistongacha velosipedda yetib bordik. O‘sha yerda velosipedim buzilib qoldi. Chechen do‘stlarimiz uni tuzatishga ancha harakat qilishdi, lekin iloji bo‘lmadi. Keyin ularning taklifi bilan shu yerda qolib, Qurbon hayiti namozini o‘qidik. Ertasiga chechen do‘stimiz meni supermarketga olib borib, yangi velosiped sovg‘a qildi. Endi Umraga shu velosipedni minib borib, Ka’baga qarab meni duo qilib qo‘yasan, dedi. Eski velosipedimni o‘sha yerda qoldirdim.

    Gruziya orqali Turkiyaga o‘tdik. Istanbulga borib, samolyotga chipta xarid qilib, Jiddaga uchdik. Yana velosipedimizni minib, Jiddadan Makkaga yo‘l oldik. Allohga shukur, 57 kun yo‘l yurib, Ka’baga yetib bordik. U yerda Umra amallarini bajarib, yurtimizga tinchlik, xonadonlarimizga qut-baraka so‘rab duolar qildik. O‘sha kunlari prezidentimiz Ka’battulohni ziyorat qilib, Umra amallarini bajardi. Prezidentimiz borganlarini ko‘rib, xursand bo‘ldik, faxrlandik. Makka shahrida 25 kun bo‘ldik, keyin Madinani ziyorat qildik.

    Yo‘lda qiyinchiliklar, sinovlar ham ko‘p bo‘ldi. Tilni yaxshi bilmaymiz, imo-ishoralar orqali fikrimizni tushuntirishga harakat qildik. Baxtimizga, borgan joylarimizda yaxshi odamlarga duch keldik. Tunashga joy berishdi, mehmon qilishdi. Qiyin vaziyatlarda yordam ko‘rsatishdi. Boshida telefondagi xaritaga qarab yo‘l yurdik. Keyin uni ishlatmay qo‘ydik, so‘rab-so‘rab Makkaga yetib oldik”, — deydi Ahatali Mahkamov.

    Mavzuga doir: Olmaotalik velosipedda hajga yo‘lga chiqdi

    14.09.2022, 16:21   Izoh (0)   61814
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jizzaxda Nexia va avtobus to‘qnashdi

    14.09.2022, 15:53

    Eron Islom Respublikasi prezidenti Sayid Ibrohim Raisiy Samarqand shahriga yetib keldi

    14.09.2022, 15:32

    Qozog‘istonda ish beruvchi tomonidan pasportlari olib qo‘yilgan o‘zbekistonliklarga hujjatlari olib berildi

    14.09.2022, 15:28

    O‘zbekiston 30 ta davlatdan 22 ming tonna sut mahsulotlari import qildi

    14.09.2022, 15:14

    Misr va Qatar SHHTning muloqot bo‘yicha hamkoriga aylandi

    14.09.2022, 14:22

    O‘zbekiston TIV Ozarbayjon—Armaniston chegarasidagi vaziyatga munosabat bildirdi

    14.09.2022, 13:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yozgi superfud: pomidorning immunitetdan yurakkacha bo‘lgan salomatlikka ta’siri

    Salomatlik | 14 iyul, 20:25

    Wizz Air loukosteri sentyabrdan Abu-Dabiga parvozlarni to‘xtatadi

    Dunyo | 14 iyul, 20:09

    Uzoq yillar davom etgan turmushi ajrim bilan yakunlangan mashhurlar

    Shou-biznes | 14 iyul, 20:05

    Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs AQSHdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 19:50

    Ovqatlanish bilan bog‘liq qaysi odatlar oshqozonni buzadi?

    Maslahatlar | 14 iyul, 19:35

    Yannik Sinner — 2025-yilgi Uimbldon chempioni. Alkarasning mag‘lubiyatsiz seriyasi yakuniga yetdi

    Sport | 14 iyul, 19:30

    Germaniyada shifokor 15 ta qotillik bo‘yicha sudlandi

    Dunyo | 14 iyul, 19:20

    Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 19:07
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.