Qozog‘istonga ishlash uchun borib, hujjatlari va oylik maoshlari berilmagan O‘zbekiston fuqarolariga yordam berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, qoraqalpog‘istonlik fuqarolar N.M. va F.N. joriy yil aprel oyida Qozog‘istonga ishlash uchun borgan. Ularning pasportlari ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilib, ish haqi hisob-kitob qilinmagan.
Mazkur murojaat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Chimkent shahridagi vakili tomonidan o‘rganilgan. Natijada fuqarolar noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullangani, ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzmagani sababli muammo yuzaga kelgani aniqlangan.
“Fuqarolarning haq-huquqlarini tiklash maqsadida Turkiston viloyati politsiya departamenti migratsiya xizmatiga xabar berildi va yurtdoshlarimizning pasporti, ish haqi olib berildi va vatanga qaytishda ko‘maklashildi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)