• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Jadidlar. Turkistondagi islohotlarning taqdiri” — milliy uyg‘onish davri haqida hujjatli film ishlandi (video)

    O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida “Jadidlar. Turkistondagi islohotlarning taqdiri” nomli hujjatli-badiiy film taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

    Taqdimotda adabiyotshunoslar, san’at va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilganlarga filmning “Uyg‘onish” deb atalgan dastlabki ikki qismi namoyish qilindi. Mazkur qismlarda Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy va intellektual harakat–jadidchilikning vujudga kelishi, ma’rifatparvarlik g‘oyalarining kurtak otishi, yangi usuldagi jadid maktablarining ochilishi kabi hodisalar aks etgan. Film Karimov fondi buyurtmasiga asosan suratga olingan.

    Filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karim film haqida o‘z mulohazalarini bildirdi.

    Bahodir Karim

    Bahodir Karim
    Foto: “Daryo”

    “Turkistondagi islohotlar jarayonida jadidlar qanday ishlarni amalga oshirgani to‘g‘risidagi filmni ko‘rdik. Men adabiyotshunos Shuhrat Rizayev, adabiyotshunos va tarixchi Zaynobiddin Abdurashidov bilan birgalikda film ssenariysini yozishda ishtirok etganimdan xursandman. Jadidchilik – juda qiziq va murakkab hodisa. Filmda ushbu hodisa ancha tiniq shaklda namoyon qilindi. Misol uchun, Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkentdagi jadidchilik asoslari va namoyondalari haqida bugungi yoshlarga, O‘zbekiston ahliga juda ham go‘zal kartinalari, manzaralar taqdim etildi.

    Foto: “Daryo”

    Film g‘oyasi muallifi Lola Tillayeva “bu film ko‘p qismlardan iborat bo‘ladi”, deya ta’kidladilar. Yangi qismlarda mening tasavvurim bo‘yicha o‘zbek she’riyatini yangilagan Cho‘lpon, nasrimizni yangilagan Abdulla Qodiriylar ham bo‘ladi. Behbudiydan tortib Hoji Muingacha, Hamzadan tortib Fitratgacha bo‘lgan ulkan shaxslar faoliyati aks etadi. Chunki busiz mumkin emas. Jadidchilik hodisasi faqatgina Turkistonda emas, keng miqyosda ro‘y bergan. Bu harakat ko‘lamini kengroq yoritish uchun Qozon, Orenburg, Ufa, Bog‘chasaroy va qo‘shni Qozog‘istonda chop etilgan vaqtli matbuot nashrlarini tadqiq etish kerak. Masalan, Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyina” jurnali bilan Rizo Faxriddinning “Sho‘ro” degan jurnalini bemalol taqqoslash mumkin. Yoki qozoq shoiri Mag‘jan Jumaboy ijodi bilan, undagi erkka, hurriyatga bo‘lgan tashnalik bilan Cho‘lponning ijodini bemalol taqqoslash mumkin”,– dedi Bahodir Karim.

    Foto: “Daryo”

    Taqdimotda ishtirok etgan akademik Naim Karimov bugun jadidlar faoliyatini o‘rganish nechog‘li ahamiyatli ekani haqida gapirdi.

    Naim Karimov

    Naim Karimov
    Foto: “Daryo”

    “Sovet davrida, hattoki, mustaqillikning dastlabki yillarida ham jadidchilikni o‘rganishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmagan edi. Kim jadidlar hayoti va ijodini o‘rganayotgan bo‘lsa, u ham dushmanga chiqarilgan. U paytlarda jadidlar nomlarini ommalashtirish, asarlarini nashr etish juda qiyin kechgan. Bugungi tadbirning mohiyati shundan iboratki, hozir mutlaqo boshqa davr. Ayni to‘kinchilik paytida yoshlarning tarbiyasida o‘zgarishlar bo‘ladi.

    Foto: “Daryo”

    Hozir yoshlarni moddiy manfaatlar ko‘proq qiziqtiradi. Ma’naviy qadriyatlar yoshlarning hayotida ikkinchi “plan”ga o‘tgan. Bizlar jadidlarning qanday kishilar bo‘lganini, nega o‘z hayotini xavf ostida qoldirib, xalqning erki, hurriyati uchun kurashganini, nega Yevropa davlatlariga yoshlarni o‘qishga yuborganini bilishimiz kerak. Jadidlar kelajakda o‘zbek millatini idora qila oladigan avlodlarni yetishtirmoqchi bo‘lgan. Jadidchilik nihoyatda katta maqsad bilan boshlangan harakat edi.

    Foto: “Daryo”

    Shuning uchun men XX asr boshlarida boshlangan jadidchilik harakatini o‘zbek xalqining XX asrdagi milliy uyg‘onish davri deb bilaman. Ular xalqning ma’rifati, ilg‘or mamlakatlar darajasidagi buyuk kelajakni yaratish yo‘lida butun hayotlarini bag‘ishlagan. Shuning uchun jadidlar asarlarini yaxshi o‘rgansak va xalqqa ko‘proq taqdim qilsak, jamiyatimizda boshlangan islohotlarni amalga oshirish shunchalik oson kechadi”, – dedi Naim Karimov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    13.09.2022, 15:27   Izoh (0)   13018
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘ona hokimligi muassisligidagi “Yangi Farg‘ona” gazetasiga bosh muharrir tayinlandi

    13.09.2022, 15:10

    “Hindiston va Pokiston SHHTga a’zo bo‘lgach, tashkilot halokatini bashorat qilishgan, ammo u o‘z prinsiplariga xiyonat qilmadi” — Eldor Aripov

    13.09.2022, 14:13

    Eldor Aripov: “O‘zbekiston qanday yashashni o‘rgatayotgani yo‘q, bu bosib o‘tilgan yo‘l”

    13.09.2022, 13:32

    Toshkentdagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi

    13.09.2022, 13:21

    Qashqadaryoda pora olmagan profilaktika inspektori mukofotlandi

    13.09.2022, 13:21

    “Belgilangan miqdordan ko‘p gaz quygan shoxobcha litsenziyasini bekor qilish kerak”. Senator Vazirlar Mahkamasiga taklif berdi (video)

    13.09.2022, 12:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “O‘zbekistonda biznes muhiti sezilarli darajada yaxshilanmoqda” — Akmal Primkulov

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:00

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25

    “Faoliyatim davomida hech qachon bahona qilmaganman”. Chalxono‘g‘lu – Lautaroning so‘zlariga javob berdi

    Sport | 1 iyul, 21:21

    Milliy rassomlik va dizayn institutini bitirgan mutaxassislarga maktablarda tasviriy sanʼat fanidan dars o‘tishga ruxsat beriladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:15

    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

    Reklama | 1 iyul, 19:30

    Jizzaxda 40 sotix yerni 19 ming dollarga o‘zganing nomiga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:10

    Zelenskiy Rossiya bilan bo‘lgan mojarolar fonida Aliyev bilan suhbatlashdi

    Dunyo | 1 iyul, 20:55

    Kaliforniyaliklarning 44 foizi shtatning AQSHdan ajralishini xohlashi ma’lum qilindi

    Dunyo | 1 iyul, 20:44

    Rasman: Kepa Arrisabalaga “Arsenal” bilan shartnoma imzoladi

    Sport | 1 iyul, 20:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.