Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov SHHT qadriyatlariga alohida to‘xtaldi.
“Prezident maqolasidagi ‘bu turli madaniy-sivilizatsiya kodlari va milliy taraqqiyot modellariga ega bo‘lgan mamlakatlarni birlashtirishga muvaffaq bo‘lgan tuzilma’ degan so‘zlarga qo‘shilaman.
SHHT to‘rtta yadroviy davlat, qadimiy sivilizatsiyaga ega bo‘lgan mamlakatlar, ma’lum kelishmovchiliklari bor, lekin eng muhimi, ularni hal qilishga tayyor davlatlarni o‘z ichiga sig‘dira oldi. Hindiston va Pokiston tashkilotga a’zo bo‘lgach, SHHT halokatini bashorat qilishgan, biroq ‘Shanxay sakkiztaligi’ davlatlararo hamkorlikni, hatto keskin qarama-qarshiliklar sharoitida ham qurish mumkinligining namunasiga aylandi”, — deb yozmoqda Aripov.
Uning aytishicha, prezident tomonidan SHHT fenomenining muvaffaqiyati ochib berildi, bu — “SHHT o‘ziga xiyonat qilmasdan o‘zgargani” haqida. Ya’ni, 20 yilda uning asosiy tamoyillari: blokdan tashqari maqom, uchinchi davlatlarga qarshi turmaslik, ochiqlik, konsensus, ishonch, o‘zaro manfaatdorlik, tenglik va o‘zaro hurmatga hech qachon tajovuz qilinmagan.
SHHT hech qachon hech qanday geosiyosiy qarama-qarshilikda ishtirok etmagan, hech qachon o‘zini bloklarga qarshi qo‘ymagan, mojarolarda taraflardan biri tomon bo‘lmagan.
#SCO2022Samarkand
Izoh (0)