O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov davlat rahbarining SHHT sammiti haqidagi maqolasiga munosabat bildirdi.
“Prezident ta’kidlaganidek, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda ishonch inqirozi va o‘zaro begonalashuv kuchayib bormoqda, bu esa mojarolarni keltirib chiqarmoqda va pandemiyadan keyin katta zarar ko‘rgan jahon iqtisodiyotini tiklashni qiyinlashtirmoqda. Bu xatarlar davlatlar hamda insonlar hayotining asoslariga tahdid soladi”, – deydi ekspert.
Aripovning fikricha, prezident nafaqat muammolarni sanab o‘tmoqda, balki ularni bartaraf etishning eng real va mumkin bo‘lgan yo‘llarini ham ko‘rsatmoqda – hech bir davlat bu qiyinchiliklarni bir o‘zi yengib o‘ta olmaydi. Buning yagona yo‘li – konstruktiv muloqot va ko‘p tomonlama hamkorlik.
O‘zbekistonning o‘tgan besh-olti yil ichida Markaziy Osiyo mintaqadasigi munosabatlari mutlaqo o‘zgardi – deyarli butunlay “muzlatilgan” savdo, yopiq chegara o‘tish joylari, o‘zaro ayblovlar va boshqa muammolar barham topdi. Chegaralar ochildi, so‘nggi besh yil ichida mintaqalararo tovar ayirboshlash hajmi 3 barobar oshdi.
“O‘zbekiston o‘z chaqirig‘i bilan qanday yashashni o‘rgatayotgani yo‘q, balki o‘zaro hamjihatlikka erishish mumkinligini o‘z misolida ko‘rsatmoqda”, – ta’kidladi Eldor Aripov.
Izoh (0)