Qozog‘iston sobiq rahbari Nursulton Nazarboyev shu yil kuzda bo‘lib o‘tadigan muddatidan avvalgi prezident saylovlarida qatnasha olmaydi, deb yozadi Asia Plus. Bu haqda Qozog‘iston adliya vaziri o‘rinbosari Alma Mukanova parlamentda aytib o‘tgan.
U umumiy referendum yo‘li bilan mamlakat konstitutsiyasiga kiritilgan tuzatishlarga muvofiq, Nazarboyevga istagancha saylanish imkonini beruvchi nizom bekor qilinganini eslatib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu shuni anglatadiki, sobiq prezident endi respubika rahbari sayloviga o‘z nomzodini qo‘yish huquqiga ega emas.
Eslatib o‘tamiz, 1-sentabr kuni Qozog‘iston rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakat xalqiga yo‘llagan an’anaviy murojaatida shu yil kuzda navbatdan tashqari prezident saylovi o‘tkazishni taklif qildi.
Izoh (0)