Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev shu yil kuzda navbatdan tashqari prezident saylovlarini o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda u mamlakat xalqiga yo‘llagan murojaatida aytib o‘tdi, deb yozadi “RBK”.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Shu kuzda navbatdan tashqari prezident saylovlarini o‘tkazishni taklif qilaman. Adolatli Qozog‘istonni qurish yo‘lida tubdan va har tomonlama islohotlarni muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirish uchun aholi ishonchining yangi mandati zarur”, — dedi u.

To‘qayev, shuningdek, prezidentlik mandatini yetti yillik bitta muddat bilan cheklashni va qayta saylanishni taqiqlashni taklif qildi (hozir prezident besh yil muddatga, ko‘pi bilan ketma-ket ikki marta saylanadi).

Bundan tashqari, u yanvar namoyishlari ishtirokchilari uchun amnistiya e’lon qildi, tartibsizliklar tashkilotchilari hamda davlatga xiyonat va hokimiyatni zo‘ravonlik bilan almashtirishga urinishda ayblanuvchilar bundan mustasno.

To‘qayev 2023-yilda Majlis (Parlament quyi palatasi) va Maslahat (mahalliy vakolat organi)larga saylovlar o‘tkazishni ham taklif qildi.

Iqtisodiy islohotlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • mamlakatda davlatning narx shakllanishiga aralashuvidan voz kechishni o‘z ichiga oluvchi “yangi iqtisodiy yo‘nalish” paydo bo‘ladi;
  • 2023-yilda yangi Soliq kodeksi ishlab chiqiladi;
  • hashamat solig‘i paydo bo‘lishi mumkin, u o‘rta sinfga taalluqli bo‘lmaydi;
  • eng kam ish haqi 10 ming tenge (230 ming so‘m)ga oshiriladi, pensiyaning minimal qiymati ham oshadi;
  • ayollar uchun pensiya yoshi 2028-yilgacha 61 yosh deb belgilanadi;
  • Milliy fond yillik investitsiya daromadining 50 foizi bolalarning maxsus jamg‘arma hisoblariga o‘tkaziladi (18 yoshga kirgunicha).
Bundan tashqari, immigratsiya va ichki migratsiyaga nisbatan siyosat o‘zgaradi. Uy zo‘ravonligi uchun jazo kuchaytiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi