Gollivuding taniqli aktyori Jonni Depp musiqiy taqdirlash marosimida MTV VMA mukofotining ramzi — Oy odami obrazida paydo bo‘ldi, deb yozadi “Kino.mail.ru”.
59 yoshli aktyor AQSHning Nyuark shahridagi Prudenshal markazi sport majmuasi sahnasi tepasida gologramma — skafandr kiygan odam ko‘rinishida paydo bo‘ldi. U sahna tepasida parvoz qilib, unga pul kerak bo‘lganini aytdi. “Bilasizmi? Menga ish kerak edi”, — dedi aktyor.
Keyinchalik Depp yana bir bor Oy odami qiyofasida paydo bo‘ldi. “Bolalar, men tug‘ilgan kun, to‘y, turli xil marosimlar — nimani xohlasangiz, qila olaman. Men yana tish shifokoriman”, — deya hazil qildi aktyor.
2022-yilda Jonni Depp hech qaysi nominatsiya bo‘yicha mukofotga nomzod bo‘lmadi. Biroq o‘tgan yillar mobaynida u “Eng yaxshi aktyor” va “Eng yaxshi salbiy rol ijrochisi” nominatsiyalari bo‘yicha beshta “Oy odami” haykalchasini qo‘lga kiritgan. Aktyorning kutilmagan obrazda marosimda ishtirok etishi atigi bir hafta oldin ma’lum bo‘lgan.
Izoh (0)