Britaniya bosh vaziri lavozimiga da’vogarlik qilayotgan tashqi ishlar vaziri Liz Trass, agar zarur bo‘lsa, yadro qurolidan foydalanishga tayyorligini aytdi. Uning bayonoti Times Radio YouTube-kanaliga joylangan.
“Fikrimcha, bu (yadro qurolidan foydalanish) bosh vazirning muhim vazifasi. Men buni bajarishga tayyorman”, — dedi Trass Buyuk Britaniyaga tahdid tug‘ilsa, yadro qurolidan foydalanish imkoniyati haqidagi savolga javob berarkan.
Buyuk Britaniya “yadro beshligi” davlatlaridan biri bo‘lib, unga Rossiya, AQSH, Xitoy va Fransiya ham kiradi. The Bulletin ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya hozirda 225 ta yadro kallaklariga ega, ulardan 120 tasi ishga tushirilishga tayyor.
Mavzuga doir: Trass agar Britaniya bosh vaziri bo‘lsa, Tayvanga bormaslikka va’da berdi
Izoh (0)