Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Buyuk Britaniya bosh vazirligiga nomzod va tashqi ishlar vaziri Liz Trass hukumat rahbari lavozimini egallagan taqdirda, Tayvanga tashrif buyurishdan bosh tortishga va’da berdi.

Foto: Sputnik

“Yo‘q, bormayman”, — dedi Trass saylovoldi debatlari chog‘ida teleboshlovchining agar Britaniya bosh vaziri bo‘lsa, u Tayvanga tashrif buyuradimi yoki yo‘qmi, degan savoliga javoban.

Avvalroq AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi AQSH va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga olib kelgan edi. Xitoy rahbari Si Szinpin Qo‘shma Shtatlarni “o‘t bilan o‘ynagan kuyib qolishi” haqida ogohlantirdi. Shu bilan birga, AQSH ma’muriyati Pekinni “yagona Xitoy” siyosatiga sodiqligiga ishontirdi va Pelosi o‘z qarorlarini faqat o‘zi qabul qilishini ta’kidladi.

Trass sobiq moliya vaziri Rishi Sunak bilan birga Konservativ partiya parlament saylovlarining yakuniy bosqichiga chiqdi. G‘olib partiya rahbari va Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziriga aylanadi. Bosh vazir kim bo‘lishi 5-sentabr kuni ma’lum qilinadi.

Ikkala nomzod ham qirollikning mojaroga bevosita aralashuvisiz Ukrainaga harbiy-texnik yordam ko‘rsatishni davom ettirish niyatida ekanini ma’lum qilgan.

Liz Trass agar bosh vazir etib saylansa, birinchi bo‘lib Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilishga va’da bergan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bunday shaxslarning O‘zbekistonga kirishini umrbod taqiqlash kerak”. Alisher Qodirov boshqa davlatning harbiy harakatiga yollanadiganlar haqida
Madaniyat
51 yoshli xonanda Nargiz Zokirova farzand kutmoqda (foto)
Mahalliy
“Farzandlariga moddiy yordam ajratiladi, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashiladi”. Farg‘onadagi zavod vafot etgan xodimi bolalarini o‘z qaramog‘iga oldi