• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Chechenistonda Qodirovni tanqid qilgan muxolifatchi Telegram-kanal moderatori Salman Tepsurkayev o‘ldirilgan. U 2020-yilda o‘g‘irlab ketilgandi

    Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni tanqid qilgan 1ADAT muxolifat Telegram-kanali moderatori Salman Tepsurkayev o‘ldirilgan. Bu haqda “Qiynoqlarga qarshi jamoa” huquqshunosi Olga Sadovskaya “Skaji Gordeyevoy” Youtube-shousida ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

    Salman Tepsurkayev

    Salman Tepsurkayev
    Foto: 1ADAT

    “Biz bir ish doirasida bir odamni qutqarib qololmagan edik. Uni o‘ldirishdi. Bu Salman Tepsurkayevning ishi, u bo‘yicha yaqinda Yevropa inson huquqlari sudi qaror chiqardi. Biz uning halok bo‘lganidan xabardormiz”, — dedi Sadovskaya. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tepsurkayev o‘g‘irlab ketilganidan keyin “Qiynoqlarga qarshi jamoa” uni qutqarib olishga va dalillar to‘plashga uringan.

    “Biz nimadir haqida gapirishni o‘zimizga ep ko‘ra olmaymiz, biz o‘zimiz bilgan narsani gapirishimiz kerak. Bu yerda uni o‘g‘irlab ketishdi, shunaqa-shunaqa mashinaga o‘tirg‘izishdi, shunaqa-shunaqa odamlar, ular mana shu yerdan o‘tib ketishdi, bitta darvozadan kirishdi va shu yerda aloqa uzildi. Biz butun manzarani qayta tiklashimiz kerak edi va biz tikladik ham, butun ma’lumotni to‘pladik. Biroq, afsuski, bu yordam bermadi”, — dedi Olga Sadovskaya.

    Sadovskayaning intervyusidan keyin 1ADAT Telegram-kanali bayonot e’lon qilib, Tepsurkayevning o‘ldirilishi bo‘yicha barcha tafsilotlarni oshkor qildi. Harakat vakillari uning halok bo‘lgani haqidagi ma’lumotlarni ancha oldin qo‘lga kiritganini, ammo so‘nggi lahzagacha bu yolg‘on ekanligiga umid qilganini qayd etgan.

    2020-yil 6-sentabr kuni Checheniston xavfsizlik tuzilmalari xodimlari Salman Tepsurkayevni o‘g‘irlab ketib, uni Gelenjikdan Chechenistonga olib ketgan. Ertasi kuni internetda video paydo bo‘ldi, unda Tepsurkayev o‘zini o‘zi qiynoqqa solishga majburlangani aks etgan. Krasnodar o‘lkasida uning o‘g‘irlab ketilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

    Uning safdoshlari aytishicha, Tepsurkayev 2020-yil 15-sentabrda Davlat dumasi deputati Adam Delimxanov tug‘ilib-o‘sgan Jalka qishlog‘idagi harbiy poligonda o‘ldirilgan. “Salmanni bog‘lab tashlashgan va og‘ziga granata solib, uni masofadan turib portlatishgan”, — deya ma’lum qildi uning maslakdoshlari.

    “Salman bir hafta davomida qiynoqqa solingan, xo‘rlangan va oxiri dahshatli usulda o‘ldirilgan, ammo jirkanch qodirovchi jinoyatchilarga bu ham kamlik qildi. Ular jasadni qarindoshlariga berib, “uni itga o‘xshatib ko‘mib qo‘yishni” aytgan. Salmanning jasadi nomsiz qabrga dafn qilindi”, — deyiladi bayonotda.

    “Adat” harakati — Chechenistondagi eng ko‘zga ko‘ringan muxolifat harakatlaridan biri. U asosan 1ADAT Telegram-kanali orqali tanilgan bo‘lib, unga qariyb 40 ming foydalanuvchi obuna bo‘lgan. Harakat 2020-yildan beri mavjud bo‘lib, u, shu jumladan, Chechenistonda yuz berayotgan inson huquqlari buzilishi hollari haqida xabar beradi. “Adat” asoschisi va rahbarlaridan biri Ibragim Yangulbayevdir. 2022-yil yanvarida chechen xavfsizlik kuchlari Nijniy Novgorodda aktivistning onasi Zarema Musayevani o‘g‘irlab ketdi. Keyinroq unga qarshi politsiyachiga nisbatan zo‘ravonlik ko‘rsatish haqida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va o‘shandan buyon u Grozniydagi tergov izolyatorida saqlanmoqda.

    24.08.2022, 10:38   Izoh (0)   12961
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Dunyo ularning tanobini tortib qo‘ymadi, biz esa tortyapmiz”. Zelenskiy Rossiya Ukraina bilan muzokaralar haqida “hech qachon o‘ylamaganini” aytdi

    24.08.2022, 10:09

    Turkiya prezidenti Qrim Ukrainaga qaytarilishi kerakligini aytdi

    24.08.2022, 09:38

    James Webb Yupiterdagi qutb yog‘dularini suratga oldi — ular Yernikidan ming marta yorqinroq (foto)

    23.08.2022, 18:25

    “Tolibon” Panjsherda muxolifat kuchlariga hujum qildi

    23.08.2022, 17:44

    Borrell ukrainalik askarlarni tayyorlash markazi tashkil etilishini e’lon qildi

    23.08.2022, 17:15

    Donetsk shahrining o‘qqa tutilishi oqibatida DXR rahbari ma’muriyati joylashgan binoga zarar yetdi (video)

    23.08.2022, 17:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron yadrochi olimlarini xavfsiz joyga ko‘chirdi — The Telegraph

    Dunyo | 18 avgust, 00:05

    Gretsiyada 273 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi (video)

    Dunyo | 17 avgust, 23:32

    Zelenskiy: Ukraina Konstitutsiyasi “yer bilan savdolashishga” yo‘l qo‘ymaydi

    Dunyo | 17 avgust, 22:50

    Kuvaytda alkogoldan 23 kishi vafot etdi

    Dunyo | 17 avgust, 22:15

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.