Rossiya prezidenti “erkaklar ichadi va ichishda davom etadi” degan dalillarni primitiv deb atadi. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar bermoqda.
Uning ishonchi komilki, alkogolizmga qarshi kurashda hech narsa taqiqlanmasligi va spirtli ichimliklar narxi ko‘tarilishi kerak. Prezidentning fikricha, muammoni hal qilish uchun sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilinishi zarur.
Putin bu mavzuni Vladimir viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksandr Avdeyev bilan onlayn tarzda o‘tkazilgan uchrashuvda muhokama qildi. Prezident viloyatda 2021-yilda alkogolizm va “alkogolli psixoz” bilan kasallanish darajasi har 100 ming fuqaroga 122,6 holatni tashkil etganiga e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakatdagi umumiy ko‘rsatkichdan 2,6 barobar ko‘p.
Vladimir Putin monoshaharlarda qashshoqlik va ichkilikbozlik darajasi oshib borayotganini qayd etgan. “Rosstat” ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning birinchi choragida Rossiya fuqarolarining 14,3 foizi (21 milliondan ortiq) qashshoqlik darajasiga tushib qolgan.
Mavzuga doir: Putin Sovet Ittifoqi davrida asos solingan “Qahramon ona” unvonini tikladi
Izoh (0)