Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z farmoni bilan mamlakatda “Qahramon ona” unvonini joriy qildi. Bu haqda “Meduza” nashri xabar bermoqda.

Foto: “Aussiedlerbote.de”

Foto: “Aussiedlerbote.de”

Ushbu unvon Rossiya fuqarosi bo‘lgan 10 yoki undan ortiq bolani tug‘gan va tarbiyalagan ayollarga, o‘ninchi bolasi bir yoshga to‘lganda (hamda boshqa to‘qqiz nafar bolaning hammasi tirik qolgan taqdirdagina) beriladi.

“Qahramon ona” unvonini olgan ayollar shu nomdagi orden va 1 million rubl (tahmiman 178 million so‘m) miqdorida bir martalik to‘lov bilan taqdirlanadi.

“Qahramon ona” unvoni “Rossiya Qahramoni” va “Mehnat Qahramoni” unvonlari bilan bir qatorda Rossiyaning eng oliy unvonlari ro‘yxatiga kiritiladi.

Ma’lumot uchun, SSSRda “Qahramon ona” unvoni 1944-yildan boshlab berilgan. Uni 10 va undan ortiq bola tug‘gan va tarbiyalagan onalar olishlari mumkin edi. Unvon sohiblari uchun alohida imtiyozlar mavjud edi. Hammasi bo‘lib SSSRning 400 mingdan ortiq ayol “Qahramon ona” unvonini olgan. Biroq Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin u Rossiya mukofotlari tizimidan chiqarilgan.

2022-yil iyun oyida Vladimir Putin “Qahramon ona” unvonini qayta tiklash g‘oyasini qo‘llab-quvvatlab, uni bir million rubl mukofot puli to‘lash bilan to‘ldirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Putinparast raqqos Toshkentda urushga chorlovchi qo‘shig‘i uchun senzura qilinganini aytmoqda. O‘zi nima bo‘lgandi?
Dunyo
Ganjani vayron qilgan 11 ballik zilzila, Gutenberg chop etgan ilk kitob, Suriyada harbiy operatsiya boshlagan Rossiya qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 30-sentabr
Dunyo
Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi