• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Niderlandiya parlamenti uydan ishlash haqidagi qonunni ma’qulladi. Bunga butun Yevropa ergashishi mumkin

    Niderlandiya parlamenti ko‘plab korxonalar xodimlariga uydan ishlash huquqini beruvchi qonunni ma’qulladi, deb yozadi BBC Russia. Bu butun Yevropa bo‘ylab mehnat qonunchiligida inqilob keltirib chiqarishi istisno qilinmayapti.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Agar senat ham parlament fikriga qo‘shilsa, Niderlandiya masofadan ishlashni qonuniylashtirishda peshqadamlik qilgan bo‘ladi, uning afzalliklari esa koronavirus pandemiyasi davrida butun dunyo bo‘ylab ko‘plab ishchilar tomonidan yuqori baholangan edi.

    Huquqshunoslar fikricha, unda Niderlandiyadan, katta ehtimol bilan, qo‘shni mamlakatlar ham o‘rnak oladi, demak butun Yevropa bo‘yicha mehnat qonunchiligi tubdan o‘zgaradi.

    Masofadan ishlash haqidagi qonun lotihasi D-66 yevropaparast partiyasi vakili Stiven Van Veyenberg va Yashillar partiyasidan Senna Maatug tomonidan parlamentga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.

    Unga muvofiq, xodimlar, agar ularning faoliyat turi bunga imkon bersa, ish beruvchiga uydan ishlash haqidagi iltimos bilan murojaat qilishi mumkin, ish beruvchi esa bu iltimosni ko‘rib chiqishi shart bo‘ladi.

    Dunyo kompaniyalarining ba’zilari o‘z tashabbusi bilan xodimlarini gibrid grafikka o‘tkazib bo‘lgan, bu ularga haftaning bir qismida uydan ishlash imkonini beradi. Masalan, o‘tgan yili yozda Shveysariyaning UBS bankidagi 73 ming xodim shunday imkoniyatni qo‘lga kiritgan edi. Shu hafta uning Londondagi flagman ofisi ishlash maydoniga ehtiyoj keskin qisqargani tufayli ikkita qavatni ijaraga berishini e’lon qildi.

    Shu yilning aprelida Fransiyadagi eng yirik BNP Paribas banki o‘zining 132 ming xodimiga kamida 2024-yilgacha ishni ofisda va uyda bajarish o‘rtasida teng bo‘lib olishga ruxsat berdi.

    Iyun boshida Ilon Mask Tesla avtomobil kompaniyasi xodimlaridan to‘liq ofisga kelib ishlashni talab qilganida esa, Germaniyaning IG Metall eng yirik kasaba uyushmasi tadbirkorning talabiga bo‘ysunishni istamagan har qanday kishini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

    Germaniya hukumati ham uydan ishlash huquqini qonunan belgilab qo‘yish rejalarini ma’lum qilgandi. Yanvarda mehnat vaziri Xubertus Xayl pandemiya ish beruvchilarni moslashuvchan bo‘lishga undaganini va hukumat “Germaniyada harakatchan ish uchun zamonaviy qoidalar” yaratishda bundan foydalanishni rejalashtirayotganini aytgandi. Xayl o‘shanda jamoatchilikni bunga mo‘ljallangan yangi normativ-huquqiy baza tez orada paydo bo‘lishiga ishontirgan edi.

    “Butun dunyo bo‘ylab qonun chiqaruvchilar Niderlandiyadagi qonunni diqqat bilan kuzatishga qaror qilishi va o‘z mamlakatlarida shunday me’yorlar kiritish imkoniyati haqida o‘ylab qolishiga shubham yo‘q”, — dedi Vinson and Elkins kompaniyasi huquqshunosi Martin Laff.

    BBC qayd etishicha, uydan ishlash — turli mamlakatlarda ish beruvchilar va hukumatlar xodimlarning ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni yaxshilash uchun ko‘rib chiqishga qaror qilgan yagona usul emas.

    Chunonchi, Britaniyada yarim yillik tajriba doirasida 70 ta kompaniya o‘z xodimlariga to‘liq ish haqi saqlanib qolgan holda haftada to‘rt kun ishlash imkoniyatini taqdim etdi.

    Bunday tajriba avvalroq Islandiyada bir necha yillar davomida o‘tkazilgan va muvaffaqiyatli natija bergan edi.

    Mavzuga doir:

    • Ilon Mask Tesla xodimlariga ofisga kelib ishlashi yoki ketishi kerakligini aytdi
    • O‘zbekistonda haftalik ish kunlarini to‘rt kunga o‘zgartirish taklif qilinmoqda
    • Buyuk Britaniyada sinov tariqasida 4 kunlik ish haftasiga o‘tildi
    • Islandiyada ish haftasini qisqartirish bo‘yicha dunyodagi eng yirik tajriba muvaffaqiyatli o‘tdi. Natijada mamlakatdagi deyarli barcha xodimlar uchun kamroq ishlashga ruxsat berildi

    08.07.2022, 15:47   Izoh (0)   8459
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSHda afroamerikalik Jorj Floydni o‘ldirgan sobiq politsiyachi yana 20 yilga qamoqqa hukm qilindi

    08.07.2022, 15:35

    Zmyeiniy orolida Ukraina bayrog‘i o‘rnatildi. LXRda asirdagi harbiylar quroldoshlarini dafn qilmoqda. Urushning 134-kunidan fotoreportaj

    08.07.2022, 14:50

    Zelenskiy Ukraina NATOga kirish rejalaridan voz kechmaganini aytdi

    08.07.2022, 14:32

    Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abe suiqasddan so‘ng kasalxonada vafot etdi

    08.07.2022, 13:56

    Qozog‘iston Rossiya manfaatlariga zarar yetkazadigan harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi

    08.07.2022, 13:47

    Putin: Rossiya Ukrainada hali hech narsaga jiddiy kirishgani yo‘q

    08.07.2022, 13:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30

    Tramp Putinning butun Donbassni egallash talabini qo‘llab-quvvatladi — OAV

    Dunyo | 17 avgust, 18:40

    Putin Shavkat Mirziyoyevga Alyaskadagi sammit haqida ma‘lumot berdi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 18:08

    Isroil falastinliklarni G‘azo janubiga majburan ko‘chirishga tayyorgarlik boshladi

    Dunyo | 17 avgust, 17:40

    Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.