“Chelsi” yarim himoyachisi Hakim Ziyosh yozda “Milan”ga o‘tmoqchi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Romanoga ko‘ra, futbolchi bu haqda Italiya klubini xabardor qilgan. “Milan” London klubi bilan futbolchi borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Avvalroq marokashlik futbolchi yozgi transfer oynasida italyan klubining ustuvor maqsadi ekanligi haqida xabar berilgandi. Qayd etilishicha, “Milan” rahbariyati kelishuv muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonch bildirmoqda. Bundan tashqari, Ziyosh milanliklar lageriga ijara asosida ham o‘tishi mumkinligi inkor etilmagan.
Ziyoshning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2025-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan. Yarim himoyachi o‘tgan mavsumda London klubi safida barcha musobaqalar doirasida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izoh (0)