Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Chinobod ko‘chasidagi “April” restorani kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
Lot izohida yozilishicha “April” restorani Iqtisodiy sudlar hukmi bilan Mirobod tumani MIB tomonidan auksionga qo‘yilgan.
2017-yilda qurilgan ushbu majmua 43 ta xonadan iborat.
Yer uchastkasining umumiy maydoni 0,64 gektar. Binoning maydoni — 2 745 kvadrat metr. Restoranda gaz, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud.
Auksionga qo‘yilgan restoranning boshlang‘ich bahosi — 20,6 mlrd so‘m. Arizalar 1-avgust 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Avvalroq Chorvoqdagi dam olish maskani 32,5 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgandi.
Izoh (0)