2022-yilning dastlabki besh oyida O‘zbekiston kartoshka importiga 51,5 million dollar sarfladi. Bu haqda “Daryo”ga Davlat statistika qo‘mitasi hisobotidan ma’lum bo‘ldi.
Bu mablag‘ning yarmidan ko‘pi Pokistonga to‘g‘ri keldi – 36,7 million dollar. Joriy yilda bu mamlakatdan kartoshka importi to‘rt barobarga oshdi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Pokistondan mandarin (5,6 million dollar) va choy (58,9 ming dollar) sotib oladi. Ikkalasining hajmi mos ravishda 2,1 va 56 martaga oshdi.
Avvalroq O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)