• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Havoning isishiga asosiy sabab, millionlab erta o‘limlar, eng “iflos” yoqilg‘i: O‘zbekiston va jahonda ko‘mirdan foydalanishning oqibatlari haqida

    Pandemiya davrida butun dunyoda ko‘mirdan foydalanish keskin kamaydi. Ammo bu yil dunyodagi eng “iflos” yoqilg‘iga bo‘lgan talab ortishi kutilmoqda. Bu esa bir necha yillardan beri global isishning oldini olishga qaratilgan harakatlarni yo‘qqa chiqarishi mumkin.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Yil boshidan beri O‘zbekistonda 2 mln tonna ko‘mir ishlab chiqarilgan. Birgina may oyining o‘zida bu ko‘rsatkich 470 ming tonnani tashkil qilgan va bu oshib bormoqda. Aprel oyida 440 ming tonna ko‘mir ishlab chiqarilgandi. 

    Xalqaro energetika agentligining 28-iyun kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘mirga bo‘lgan talab 2022-yilda 4,5 foizga oshadi.   

    Bu hozirda bizning iqlimimiz uchun dahshatli ogohlantirishdir, — deydi agentlik rahbari Fotih Birol.

    Olimlarning ta’kidlashicha, 2030-yilga kelib issiqxona gazlari emissiyasini ikki baravar kamaytirish kerak. Bu global isishni cheklash uchun kurashish imkoniyatini beradi. Aks holda vaziyat o‘nglab bo‘lmas ko‘rinishga kelishi mumkin.

    150 yil davomida butun dunyo yer ostidan yildan-yilga ko‘proq ko‘mir qazib oldi. Bu birinchi navbatda Yevropa va Shimoliy Amerika, so‘ngra Osiyo va Afrika iqtisodiyotini rivojlantirishga yordam berdi. 

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

    Bugungi kunda garchi ko‘mirning ulushi doimiy ravishda qisqarib borayotgan bo‘lsa ham hamon elektr energiyasining eng yirik manbai bo‘lib qolmoqda.

    2019-yilda ko‘mir loyihalariga jahon xarajatlari so‘nggi o‘n yillikdagi eng past darajaga tushdi. Bundan tashqari 20 yil ichida ko‘mir bilan ishlaydigan elektr stansiyalari foydalanishga topshirilganidan ko‘ra ko‘proq to‘xtatildi. 

    Yaqinda o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, Xitoy, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyoning ba’zi qismlarida ko‘mir ishlab chiqarish ancha baland, lekin o‘sish ko‘rsatkichlari kamayib bormoqda.

    Vyetnam kabi ayrim mamlakatlarda ko‘mir elektr stansiyalari moliyalashtirish muammolariga duch kelmoqda. Hindistondagi ko‘mir zavodlari o‘z quvvatidan ancha past ishlayotgan bo‘lsa, AQSHda zavodlar har qachongidan ham tezroq yopilmoqda.

     

    Bir asrdan oshiq vaqt davomida Yevropa va AQSH dunyodagi ko‘mirning katta qismini iste’mol qildi. Bugungi kunda esa Xitoy va Hindiston ko‘mir iste’molining uchdan ikki qismini tashkil qiladi.

    Elektrga bo‘lgan talab ortib borayotganligi sababli odamlar boshqa energiya manbalaridan ham faol foydalana boshladi: yadro, shamol va so‘nggi yillarda ommalashayotgan vodorod.

    Ko‘mir yangi energiya manbalari uchun hech qanday to‘siq bo‘lmadi, lekin o‘z o‘rnini ham berib qo‘ygani yo‘q. 

    Bugungi kunda ko‘mirga qarshi doimiy ravishda norozilik harakatlari bo‘lib turmoqda. Odamlar uning yonishi natijasida kelib chiqadigan havo ifloslanishining halokatli darajasidan norozi. 

    Shu tariqa, hatto ko‘mirdan foydalanish ko‘payib borayotgan mamlakatlarda ham uning o‘sish sur’ati sekinlashmoqda.

    Misol uchun Janubiy Afrikada ko‘p yillik sud jarayonlaridan so‘ng, o‘tgan noyabr oyida Limpopo viloyatida ko‘mir bilan ishlaydigan elektr stansiyasini qurish rejalari bekor qilindi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ko‘pgina mamlakatlarda eng tez ko‘mir o‘rnini egallaydigan yoqilg‘i —  gaz. Hozirgi vaqtda u butun dunyo bo‘ylab energiyaning to‘rtdan bir qismini ta’minlaydi.

    Biroq gazdan chiqadigan metan emissiyasi ham iqlim o‘zgarishini sekinlashtirish bo‘yicha Parij kelishuviga mos kelmaydi.  

    Global isishning asosiy sababi

    Ko‘mir global o‘rtacha haroratning 1 gradusdan ko‘proq oshishiga sabab bo‘ladi. Bu uni global harorat ko‘tarilishining yagona eng katta manbaiga aylantiradi.

    Ko‘mir yoqilganda juda ko‘p miqdorda uglerod chiqaradi — dunyodagi umumiy uglerod chiqindilarining taxminan uchdan bir qismi. 

    Foto: Usatoday

    Foto: Usatoday
    Issiqxona gazlari darajasi 64 yil oldin buni o‘lchash boshlangan vaqtga nisbatan 30 foizga ko‘tarilgan.

    Atmosferadagi CO2 ning ko‘payishi inson faoliyati natijasida chiqadigan chiqindilar bilan bog‘liq. Bu emissiyalar 2021-yilda eng yuqori darajaga yetdi. Atmosferaga 36,3 mlrd tonnaga yaqin CO2 chiqarildi — 2020-yilga nisbatan 6 foizga ko‘p. 

     

    Ko‘pchilik emissiyalar yonish natijasida hosil bo‘ladi. Misol uchun ko‘mir 2020-yilga nisbatan o‘sishga 40 foiz ko‘proq hissa qo‘shgan.

    Issiqxona gazlari quyoshdan issiqlikni ushlab, Yerni izolyatsiya qiladi.

    Ko‘mir yoqilg‘isiga qaytishga majbur bo‘lgan Germaniya

    Rossiya va Ukraina o‘rtasida urush boshlangandan keyin AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashni boshladi. 

    Buning ortidan Rossiya ham gaz uchun to‘lovlarni faqat rublda qabul qilishini ma’lum qilgan va keyinchalik ta’mirlash ishlari sababli Yevropaga gaz yetkazib berishni kamaytirgan.

    Germaniya ko‘mir zavodlarini qayta tiklash orqali Rossiya gazining qisqarishiga javob bermoqda. 

    Elektr ishlab chiqarishda ko‘proq ko‘mir yoqish uchun huquqiy asosni ta’minlaydigan qonun loyihasi parlamentda ishlab chiqilgan bo‘lib, u 8-iyul kuni yuqori palatadagi muhokamalardan keyin kuchga kirishi kerak.

    Millionlab erta o‘limlar 

    Ayni paytda ko‘mir yoqilg‘isida elektr energiyasi ishlab chiqarishni tugatish 2050-yilgacha havo ifloslanishidan 14,5 mln erta o‘limning oldini oladi va 16,3 trln dollargacha iqtisodiy foyda keltiradi.

    Ko‘mirdan foydalanishni qisqartirish — havo sifatini yaxshilash uchun beqiyos imkoniyat beradi.

    Xalqaro energetika agentligi (IEA) hisob-kitoblariga ko‘ra, energetika sohasida 2030-yilga borib ko‘mirdan to‘xtovsiz foydalanish 55 foizga kamayishi va 2040-yilga kelib butunlay to‘xtatilishi kerak.

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

    Xalqaro barqaror rivojlanish institutining yangi tadqiqotiga ko‘ra, neft, gaz va ko‘mir qazib olishni 2050-yilga kelib tugatish imkonsiz.

    Agar mavjud ko‘mir zavodlaridan foydalanishni cheklash va yangilarini qurishga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilmasa, Osiyodagi ko‘mir zavodlari hozirdan 2050-yilgacha yana 7 million erta o‘limga olib kelishi mumkin.

    Osiyo davlatlari 2037-yilga kelib ko‘mir ishlab chiqarishni to‘liq to‘xtatishni rejalashtirgan.

     

    Ifloslangan havo butun dunyo bo‘ylab sog‘liq uchun asoratlarning asosiy omili bo‘lib, har 9 o‘limdan 1 tasi havoning yomonligi sababli bo‘ladi. Zararli havodan 2019-yilda taxminan 6,7 mln o‘lim kuzatilgan.

    Ko‘mir bilan ishlaydigan elektr stansiyalari birlamchi zarrachalar, masalan, PM2.5, shuningdek, ikkilamchi zarrachalar hosil qiluvchi oltingugurt dioksidi va azot oksidi kabi ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish orqali bu muammoga hissa qo‘shadi.

    Ushbu mikrozarralar o‘pka to‘sig‘idan o‘tib, qon tizimiga kirib boradi. Buning ortidan yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va bevosita nafas olish kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.

    29.06.2022, 22:11   Izoh (0)   53740
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Foziljon Qambarov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Agar Rossiyada gaz inqirozi kuchaysa, Buyuk Britaniya Yevropaga gaz quvurlarini kesib tashlashni rejalashtirmoqda

    29.06.2022, 20:33

    Yevropa Rossiya gazidan voz kechgach, uning o‘rnini to‘ldirishi uchun 3 yildan ko‘proq vaqt kerak — Fitch

    29.06.2022, 17:11

    Gruziya bir yilga bug‘doy va arpa eksportini taqiqlaydi

    29.06.2022, 13:21

    Xitoy fevral oyidan beri Rossiyaga eksportni 38 foizga qisqartirdi. O‘zbekiston esa oshirgan

    28.06.2022, 22:59

    Hindiston Yevropa uchun Rossiya neftini yetkazib berish vositasiga aylanayotgani haqida taxminlar kuchaymoqda

    28.06.2022, 22:35

    G‘alladan bo‘shagan yerlarni nazorat qilish uchun yangi tizim ishga tushirildi

    28.06.2022, 22:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda daraxt bosib qolgan fuqaro vafot etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 23:21

    Superliga. “Buxoro” mehmonda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 24 may, 23:08

    Toshkent va Andijondagi oshxona hamda xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 24 may, 22:40

    Namangan hokimi 100 yilligi nishonlanayotgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 22:00

    Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishda tez-tez uchraydigan xatolik aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 21:40

    Samarqand 2025-yili Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

    O‘zbekiston | 24 may, 21:25

    Superliga. “Neftchi” o‘z maydonida bir kishi kam bo‘lib qolgan “Sho‘rtan”ni tor-mor etdi

    Sport | 24 may, 21:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.