O‘zgidromet dam olish kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 24-iyun kuni O‘zbekistonning tekislik hududlari bo‘yicha biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik viloyatlarda kunduzi termometr ustuni 36-39 darajaga yetadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 40-42 darajagacha bo‘ladi.
25-iyun, shanba kunidan boshlab O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan juda issiq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati kechasi 21-24 daraja, kunduzi 36-39 daraja atrofida, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 42-44 darajagacha issiq bo‘ladi.
Yakshanba kuni harorat foni kechasi 23-26 darajagacha, kunduzi 38-42 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43-45 darajagacha ko‘tariladi.
Ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 23—27-iyun kunlari sel kelish xavfi e’lon qilingan.
Izoh (0)