Prezident tomonidan 23-iyun kuni imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, insonni undan a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga majburlaganlik uchun javobgarlik belgilandi va bu qilmish og‘irlashtiruvchi holatlarda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Inson a’zolarining va (yoki) to‘qimalarining oldi-sotdisi bilan shug‘ullanganlik, shuningdek ularni O‘zbekistondan tashqariga olib chiqib ketganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilandi.
Mazkur jinoyatlar bilan bog‘liq dastlabki tergov ichki ishlar organlari tomonidan olib boriladi.
Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, tirik donordan yoki inson murdasidan olingan inson a’zolari transplantatsiyasiga ruxsat berildi.
Mavzuga doir:
- O‘zbekistonda inson a’zolari transplantatsiyasi uchun bemorga qarindosh bo‘lmaganlar ham donorlik qilishi mumkin bo‘ladi
- O‘zbekistonning barcha hududlarida 2022-yil oxirigacha buyrak transplantatsiyasi amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
- Andijonda murakkab operatsiyalarga muhtoj, ehtiyojmand aholiga yordam berish bo‘yicha maxsus jamg‘arma tashkil etiladi
Izoh (0)