• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Belgiya Kongo hukumatiga Patris Lumumbaning tilla tishini topshirdi. 60 yil avval siyosatchi qatl qilinib, jasadi kislotada eritib yuborilgan edi

    20-iyun kuni Belgiya hukumati Kongo Demokratik Respublikasiga mustaqil Kongoning birinchi bosh vaziri Patris Lumumbaga tegishli deb taxmin qilinayotgan tilla bilan qoplangan tishni topshirdi. 1961-yilda o‘ldirilgan Lumumbaga taalluqli bo‘lgan boshqa qoldiqlar yo‘q, deb yozadi Meduza.

    Patris Lumumba (o‘ngda) 1960-yil dekabrida hibsga olingach, askarlar qurshovida turibdi

    Patris Lumumba (o‘ngda) 1960-yil dekabrida hibsga olingach, askarlar qurshovida turibdi
    Foto: AFP

    Yodgorlik Belgiya qiroli Filipp o‘z mamlakati tomonidan Afrikadagi sobiq mustamlakasi Kongoda sodir etilgan suiiste’mollar yuzasidan “juda chuqur afsuslar” bildirganidan keyin topshirildi.

    Bryusseldagi marosim chog‘ida Belgiya bosh vaziri Aleksandr de Kro Lumumbaning qarindoshlariga qoldiqlarning topshirilishi juda kechga qolganini aytdi. “Belgiya Kongo xalqi asoschi otalaridan birining qoldiqlarini oltmish yildan beri saqlab kelgani g‘ayritabiiy holat”, — dedi hukumat rahbari Belgiya Lumumbaning o‘ldirilishida o‘ygan rol uchun uzr so‘rab.

    Lumumbaning qizi, tishning vataniga qaytarilishi kampaniyasining bosh tashabbuskorlaridan biri Juliana Belgiya bosh vazirining bu jarayon juda ko‘p vaqt olgani haqidagi gapiga qo‘shildi. “Ota, bizning yuraklarimiz 61 yil davomida qonab keldi. Biz, farzandlaringiz, nevaralaringiz va evaralaringiz, shuningdek, Kongo, Afrika va butun dunyo tobutingiz tepasida vidolashuv so‘zlarini aytmasdan, vafotingiz uchun aza tutdik”, — dedi u marosimda nutq so‘zlab.

    Bryusselda Patris Lumumbaning qoldiqlarini uning oilasiga topshirish marosimi. 2022-yil 20-iyun

    Bryusselda Patris Lumumbaning qoldiqlarini uning oilasiga topshirish marosimi. 2022-yil 20-iyun
    Foto: Reuters

    Kongo Demokratik Respublikasi bosh vaziri Jan-Mishel Sama Lukondening fikricha, qoldiqlarning qaytarilishi mamlakat milliy xotirasi uchun jiddiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Lumumbaning tishi butun Kongo hududi bo‘ylab olib o‘tiladi, so‘ng poytaxt Kinshasadagi maqbaraga ko‘miladi.

    “Uzoq yillardan keyin, va nihoyat, qoniqish hissini tuyayapmiz. Baxtga to‘lib-toshdim deb ayta olmayman, lekin bu quvonchli lahza, uning ruhi endi tinch yotishi mumkin va bu juda muhim”, — dedi marosim oldidan Patris Lumumbaning o‘g‘illaridan biri Roland Lumumba.

    Patris Lumumba mustaqil Kongo hukumatining birinchi rahbariga aylandi. U hukumat tepasida yarim yildan sal uzoqroq qoldi

    1960-yilda 34 yoshli Patrsi Lumumba Kongo Demokratik Respublikasi bosh vaziriga aylandi. U Belgiyaning mustamlakachilik hukmronligining so‘nggi kunlarida hukumatni boshqardi.

    1960-yil iyunida mamlakatning Belgiyadan mustaqil bo‘lishiga bag‘ishlangan marosimda Lumumba rejalashtirilmagan nutq bilan chiqish qildi. Bosh vazir kongoliklar ustidan zo‘ravonlik va “bizga kuch bilan qabul qildirilgan xo‘rolovchi qullik” haqida gapirdi. “Lumumbaning o‘ldirilishi” (The Assassination of Lumumba) kitobi muallifi, belgiyalik tarixchi Lyudo de Vitte belgiyaliklar Kongo hukumati rahbarining nutqidan hayratda qolgan, deb hisoblaydi. Undan avval hech bir afrikalik yevropaliklar qarshisida bunday gapirishga jur’at qilmagan.

    Ayrimlarning fikricha, Patris Lumumba bu nutqi bilan o‘z boshiga o‘lim jazosi hukmini orttirgan. OAVlar yozishicha, Kongoning yangi bosh vaziri sovuq urush avjiga chiqqan bir paytda SSSR bilan yaqinlashish siyosatini olib borgani ham Belgiya va AQSHda norozilik uyg‘otgan. Lumumbani o‘ldirishni shu jumladan AQSH ham rejalashtirgan, bundan tashqari, Buyuk Britaniyaning ham kongolik siyosatchining o‘limiga bilvosita aloqasi bor.

    Kongo mustaqilligi e’lon qilinganidan keyin ko‘p o‘tmay, foydali qazilmalarga boy janubi-sharqiy Katanga provinsiyasi ajralib chiqishini ma’lum qildi. Shundan keyin Belgiya Kongodagi belgiyaliklarni va Katanga ma’muriyatini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z qo‘shinlarini kiritdi. Shunda Lumumba ayirmachilar isyonini bostirish uchun sovet ittifoqidan yordam so‘radi.

    Patris Lumumba davlat to‘ntarishi oqibatida bosh vazirlikdan tushirildi, u uy qamog‘iga hukm qilindi, biroq qochib ketdi va 1960-yil dekabrida yana qo‘lga olindi. 1961-yil yanvarida uni Kongo g‘arbidan Katangaga ko‘chirishga qaror qilishdi. 16-yanvar kuni parvoz chog‘ida va provinsiyaga yetib kelganidan ekyin Lumumba do‘pposlandi. Ertasi kuni u va uning ittifoqchilari Jozef Okito va Moris Mpolo otib tashlandi.

    Lumumbaning tilla tishini Kongo bosh vaziri jasadi yo‘q qilinishini nazorat ostiga olgan Belgiya politsiyasi komissari saqlab qo‘ygan

    Qatldan keyin otib o‘ldirish jamoasi ishtirokchilari Patris Lumumba va safdoshlarining jasadlarini yo‘q qilishga qaror qiladi. Murdalarni yo‘q qilish jarayonini Belgiya politsiyasi komissari Jerar Soete nazorat ostiga oladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jasadlar butunlay g‘oyib bo‘lishi kerak, deb qaror qilingan. “Hech qanday iz qolishi kerak emasdi”, — deya Soetening so‘zlarini keltiradi de Vitte “Lumumbaning o‘ldirilishi” kitobida. Lumumbaning qabri ziyoratgohga aylanmasligi uchun shunday qarorga kelishgan, deb hisoblanadi.

    Dastlab Lumumba chuqur bo‘lmagan qabrga ko‘miladi, so‘ng jasad kovlab olinib, 200 km masofadagi boshqa joyga o‘tkaziladi va qaytadan dafn etiladi, undan keyin esa yana eksgumatsiya qilinadi. So‘ng u bo‘laklarga bo‘linib, kislota yordamida eritib yuboriladi. Komissar Soete gapirib berishicha, ishtirokchilar, arralar, sulfat kislotasi, niqoblar va viski bilan qurollanib olgan, butun jarayon esa, uning so‘zlariga ko‘ra, “do‘zax qa’riga” sayohatni eslatgan.

    1999-yilda Belgiyada Lumumbaning o‘ldirilishiga nisbatan parlament surishtiruvi boshlangan. Qatl etish haqidagi buyruqni topish imkoni bo‘lmagan, ammo surishtiruv shuni ko‘rsatdiki, hukumatning ba’zi a’zolari bo‘lgan voqea uchun “ma’naviy javobgar” bo‘lgan. Belgiyaning o‘sha vaqtdagi bosh vaziri Lui Mishel Lumumbaning oilasi va Kongo xalqi oldida kechirim so‘radi. Belgiya prokuraturasi Lumumbaning o‘ldirilishini harbiy jinoyat deb baholadi, tergov haliyam davom etmoqda, ammo aniqlangan 12 nafar gumonlanuvchidan faqat ikki nafar tirik qolgan.

    Jerar Soete 1999-yilgi hujjatli filmda Lumumbaning tilla tishini, shuningdek va bitta tish va ikkita barmoqni (ular topilmagan) “ov o‘ljasi” sifatida olib qolganini aytgan. Shuncha vaqtdan buyon tish belgiyalik komissarning oilasida saqlanib kelgan.

    Lumumbaning tilla tishi haqida 2016-yilda, siyosatchining o‘ldirilishiga 55 yil to‘lishi arafasida Jerar Soetening qizi Belgiyaning Humo jurnaliga bergan intervyusida yana gap ochildi. U o‘zi qilgan ishdan vijdoni qiynalgan “bechora ota”si haqida gapirib, Belgiya hukumati unga bergan buyrug‘i uchun kechirim so‘rashini talab qildi. Ayol 2000-yilda otasi vafot etgach, arxividagi ko‘p narsalar tashlab yuborilganini, ammo “qiziqarli narsalar”ning bir qismi saqlanib qolganini aytdi. Xususan, u jurnalustlarga tilla tishni ko‘rsatdi.

    2016-yilda tarixchi Lyudo de Vitte Soetening qiziga qarshi sudga da’vo kiritdi, shundan keyin politsiya tishni ashyoviy dalil sifatida musodara qildi. Tish bo‘yicha sudlashuv to‘rt yil davom etib, oxiri sud yodgorlikni Lumumbaning oilasiga qaytarish haqida qaror chiqardi. Prokuratura esa DNK-test o‘tkazish imkoni yo‘qligi sababli tish Lumumbaga tegishli deb aniq aytib bo‘lmasligini ma’lum qildi.

    Mavzuga doir: Afrika xalqlari ozodligi kurashchisi Patris Lumumbaning haqiqiy tarixi

    23.06.2022, 06:50   Izoh (0)   11966
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Panama prezidenti noyob qon kasalligiga chalindi

    23.06.2022, 06:08

    Bayden AQSHda benzin narxi keskin ko‘tarilgani tufayli yonilg‘i solig‘ini uch oyga bekor qilishga chaqirdi

    23.06.2022, 00:57

    Belarus Ukraina bilan chegarada harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

    22.06.2022, 23:35

    Putinning “yadro chamadoni”ni ko‘tarib yuruvchi qo‘riqchisi o‘z joniga qasd qilishga urindi

    22.06.2022, 22:06

    Turkiya Ukraina bug‘doyini eksport qilish bo‘yicha Rossiya bilan muzokara o‘tkazdi

    22.06.2022, 21:57

    Reuters: Yevropa Ittifoqi Rossiya oltiniga qarshi sanksiyalar qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda

    22.06.2022, 20:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda chivinlar tashiydigan yuqumli kasallikka chalinish ortdi

    Dunyo | 4 avgust, 02:25

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.