“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh Chempionlar Ligasi finali doirasida “Real”ga qarshi o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Kvadruplni qo‘lga kiritish mumkinligi haqida2018-yilgi Chempionlar Ligasi finalida “Liverpul” “Real” bilan to‘qnash kelgan va unda mersisaydliklar 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Uchrashuvning 31-daqiqasida Muhammad Saloh Serxio Ramos bilan to‘qnashuvda yelkasidan jarohat olib, maydonni tark etgandi.Menimcha, ha. Hammasi o‘z qo‘limizda emas, barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonish va “Manchester Siti”ning ochko yo‘qotishini kutishga majburmiz. Ularda ajoyib jamoa, ajoyib murabbiy bor va ular g‘alaba qozonishda davom etishni xohlaydi. Biroq, hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. Bizda barcha sovrinni qo‘lga kirita oladigan kayfiyat bor.
Butun jamoa kabi men ham Chempionlar Ligasi finaliga chiqqanimizdan xursandman. Madrid klubi kuchli jamoalarni mag‘lub etdi, final qiyin kechishiga shubha qilmayman. Biz shunchaki o‘yinga diqqatimizni qaratishimiz lozim.
Qasosolmoqchiligi haqida
Ha. 2018-yildagi finalda mag‘lubiyatga uchragan kunimiz qayg‘uli edi. Qasos olish vaqti keldi.
Muhammad Saloh, “Liverpul” futbolchisi
“Liverpul” 2022-yil 28-may kuni “Stad de Frans” stadionida “Real”ga qarshi bahs olib boradi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)