“Roma” Konferensiyalar Ligasi yarim finalida “Lester”ni mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Rimliklar 31 yildan so‘ng Yevrokuboklar finalida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. “Roma” so‘nggi bor 1990/91-yilgi mavsumda UEFA Kubogi finalida “Inter”ga qarshi o‘yin o‘tkazib, mag‘lub bo‘lgandi.
Joze Mourinyo shogirdlarining finaldagi raqibi “Feyenoord” esa 2002-yildan beri hal qiluvchi o‘yinlarda ishtirok etmagan. Niderlandiya klubi o‘shanda UEFA Kubogi doirasida “Borussiya D” ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.
“Roma” va “Feyenoord” o‘rtasidagi final bahsi 25-may kuni Tirana shahrida bo‘lib o‘tadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)