“Roma” Konferensiyalar Ligasi yarim finalida “Lester”ni ortda qoldirib (1:0, 1:1), final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Shu tariqa rimliklar safida harakat qilayotgan Eldor Shomurodov Yevrokuboklar finaliga yo‘l olgan tarixdagi ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchi bo‘ldi. Unga qadar himoyachi Vitaliy Denisov 2005-yil “SSKA” safida UEFA Kubogi finaliga chiqqandi.
Shomurodov “Feyenoord”ga qarshi o‘yinda maydonga tushadigan bo‘lsa, Yevrokubok finalida maydonda harakat qilgan ilk o‘zbekistonlik bo‘ladi.
Konferensiyalar Ligasi finali 25-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)