Xitoyning Xanchjou shahrida 2022-yil sentabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Osiyo o‘yinlari 2023-yilga qoldirildi.
Bu haqida Osiyo Olimpiya kengashi ijroiya qo‘mitasining Toshkentdagi yig‘ilishida ma’lum qilingan.
2022-yilgi Osiyo o‘yinlari 10-sentabrdan 25-sentabrgacha bo‘lib o‘tishi kerak edi. Paraosiyo o‘yinlari esa 9—15-oktabr kunlariga mo‘ljallangandi.
Osiyo o‘yinlarining qoldirilishiga sabab qilib, Xitoyda pandemiya bilan bog‘liq vaziyat jiddiylashgani ko‘rsatilmoqda.
Avvalroq o‘zbekistonlik sportchilar 2022-yilgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan taqdirda qancha pul mukofotiga ega bo‘lishi ma’lum bo‘lgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)