“Bavariya” Robert Levandovski o‘rniga Sebastyan Allerni xarid qilishi mumkin.
Bild nashrining xabariga ko‘ra, polshalik hujumchi jamoani tark etadigan bo‘lsa, “Ayaks”ning 27 yoshli futbolchisi myunxenliklar uchun asosiy nomzodga aylanadi.
“Bavariya” Allerning agentlari bilan aloqaga chiqqan. Yozda futbolchini 40 million yevroga xarid qilish mumkin. Hujumchi yiliga 10 million yevro maosh belgilangan shartnoma xohlamoqda. Nemis jamoasi aynan shu darajadagi hujumchi izlamoqda.
Myunxen klubining short-listidan Darvin Nunyes (“Benfika”, maoshi 17 million yevro), Romelu Lukaku (“Chelsi”, maoshi 20 million yevro) va Patrik Shik (“Bayer”, maoshi 10 million yevro) o‘rin olgan. Mazkur futbolchilardan birining transferi 80 million yevroga tushadi.
“Zalsburg”ning 18 yoshli hujumchisi Benjamin Sheshko va “Shtutgart”ning 24 yoshli futbolchisi Sasha Kalayjich variantlari ham ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Levandovskining “Bavariya” bilan shartnomasi 2023-yilda o‘z nihoyasiga yetadi va hozirda yangi shartnoma borasida kelishuvga erishilmagan.
Sebastyan Aller 2021/22-yilgi mavsum “Ayaks” safida barcha musobaqalarda 39 o‘yinda ishtirok etib, 33 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)