Polsha bosh vaziri Matyeush Moravetskiy davlatning Ukrainaga qiymati 1,6 millard dollardan ziyod harbiy ko‘mak ko‘rsatganini ma’lum qildi.
“Ushbu uskunalar Ukraina, Polsha va Yevropa suverenitetini saqlab qoladi”,— deyiladi Polsha hukumatining matbuot kotibi Petr Myullerning Twitter’dagi sahifasida.
Polsha Ukrainaga Rossiya maxsus harbiy operatsiyalarni boshlagan dastlabki kunlardanoq qurol-yarog‘ yetkazib bermoqda. 26-fevralda Ukraina prezidenti ofisi rahbarining maslahatchisi Aleksey Arestovich mamlakatning Polshadan 100 dona minomyot, ular uchun 1,5 mingta o‘q-dori, 8 ta uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalar jamlanmalari, 10 ming dona Grot avtomatlari kelishi kutilayotganini bildirgan.
Polshaning Polityka jurnali Varshavaning Kiyevga berayotgan harbiy yordami, ya’ni qurol-yarog‘lar asosan atomobillarda yetkazib berilayotgani va ular orasida og‘ir artilleriya vositalari yo‘qligini yozgan. Shu sababli asosan o‘qotar qurollar, ko‘chma zenit raketa kompleksi, Javelin va Stinger, o‘q-dorilar, bronenimchalar va tibbiyot uskunalari Ukrainaga taqdim qilinayotganini ta’kidlangan.
Mavzuga doir:
- AQSH Ukraina uchun maxsus ishlab chiqarilgan dronlar yetkazib berilayotganini ma’lum qildi
- AQSH, Buyuk Britaniya va Kanada Ukrainaga artilleriya yuborishga va’da berdi. Germaniya esa qurol yetkazib berish uchun resurslari deyarli tugaganini ma’lum qildi
- Estoniya Ukrainaga gaubitsa, tankka qarshi raketa, mina va dronlar partiyasini yetkazib berdi
Izoh (0)