Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Estoniya Ukrainaga tankka qarshi majmua va gaubitsalar o‘rin olgan harbiy yordamni yetkazib berdi. Bu haqda ERR portal Estoniyaning Ukrainadagi elchixonasiga tayanib, ma’lum qildi.

Foto: Estoniyaning Ukrainadagi elchixonasi

Foto: Estoniyaning Ukrainadagi elchixonasi

“Ukrainaga yetkazib berilgan qurollar partiyasi orasidan tankka qarshi raketa va minalar, bir martalik granatomyotlar, granatalar, gaubitsa va jangovar o‘q-dorilar o‘rin olgan. Ukraina tomoniga, shuningdek, kaskalar, zirhli nimchalar, aloqa vositalari, dronlar, tungi ko‘rish uskunalari, lazerli dalnomerlar, tibbiy asbob-anjomlar va kimyoviy himoya vositalari topshirildi”, — deyiladi xabarda.

Davlat mudofaa investitsiya markazining (RKIK) ma’lum qilishicha, ayni vaqtga qadar Ukrainaga 220 million yevrolik 80 turdagi urush qurollari yetkazib berilgan. Ular qurollanish va jangovar o‘q-dorilar, himoya vositalari va zamonaviy yuqori texnologik uskunalarni o‘z ichiga olgan.

RKIK hozirda Ukrainaga motor yoqilg‘isini yetkazib berish bo‘yicha 5 million yevrolik tenderni o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1-aprel kuni AQSH Mudofaa vazirligi Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga harbiy yordam uchun qo‘shimcha 300 million dollar ajratilishini ma’lum qilgandi. Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbining aytishicha, yordam paketidan lazerli kuzatuvga ega raketa tizimlari, Switchblade va Puma dronlari o‘rin oladi. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, Jo Bayden AQSH prezidenti lavozimiga kirishganidan buyon Ukrainaga harbiy yordam sifatida 2,3 milliard dollar ajratilgan, buning 1,6 milliard dollari — Rossiya Ukrainaga hujum boshlaganidan so‘ng.

Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil boʻldi. Nimalar oʻzgardi?
Mahalliy
Fotoreportaj: Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan
Sport
Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi