Aprel oyiga kelib elektromobillarni quvvatlantirish shoxobchalari O‘zbekistonning yetti viloyatida mavjud. Bu PlugShare ilovasida qayd etilgan.
Zaryadlash stansiyalar umumiy soni 50 ga yaqinlashib qoldi, ularning asosiy qismi Toshkent va Farg‘ona vodiysida joylashgan. Yana bir nechta stansiyalar Samarqand, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida bor.
Stansiyalarni, asosan, xususiy kompaniyalar o‘z mablag‘lariga turli maqsadlarda o‘rnatmoqda:
- Makro o‘z supermarketlari atrofida tarmoq qurmoqda;
- TokBor kompaniyalarga stansiyalarni o‘rnatish xizmatlarini taklif qiladi;
- Megavatt elektromobillar sotuvchisi sifatida infratuzilmani qurmoqda.
Avvalroq O‘zbekiston bo‘ylab har 100 km masofaga elektr zaryadlash stansiyalari o‘rnatilishi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)