Prezident Shavkat Mirziyoyev “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoit to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat, jumladan, chet elliklar uchun “eshiklarini kengroq ochаdi”:
Birinchidan, xorijiy davlatlar fuqarolari ro‘yxat bo‘yicha yangi ko‘chmas mulk sotib olish shaklida investitsiya kiritish huquqiga ega bo‘ldi (yer uchastkalari bundan mustasno).
Bu Toshkent va Samarqanddagi 150 000 dan 180 000 AQSH dollarigacha, boshqa viloyatlarda 70 000 dan 80 000 AQSH dollarigacha bo‘lgan obyektlarga taalluqli. Ro‘yxatini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Bunda mazkur nazarda tutilgan ko‘chmas mulk obyektlarini sotib olish xorijiy davlatlar fuqarolariga O‘zbekistonda doimiy ro‘yxatdan o‘tish va yashash guvohnomasini olish uchun asos bo‘lmaydi.
Ikkinchidan, O‘zbekistonda yashash guvohnomasini olish uchun talab etiladigan ko‘chmas mulk qiymati miqdori Toshkent viloyati va Toshkent shahrida 400 000 dollaridan 300 000 dollari ekvivalentigacha kamaytirildi.
Uchinchidan, 1-maydan boshlab xorijliklar O‘zbekistonda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini o‘zbekistonliklar kabi – 12 foiz to‘laydi. Ilgari ular uchun 12 foizdan 20 foizgacha edi.
Avvalroq O‘zbekiston qanday qilib barcha IT-mutaxassislar talpinadigan makonga aylana boshlangani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)