Daryo

Prezident matbuot kotibi O‘zbekistonda xorijiy tillar “bog‘cha – maktab – oliy ta’lim – korxona” zanjiri asosida o‘rganilishini ma’lum qildi

“Rivojlangan davlatlarga borsangiz, hamma yoshlar xorijiy tillarni biladi. Bu bo‘yicha kamchiligimiz bugun barcha sohalarda sezilyapti”, — deydi Sherzod Asadov

1 daqiqa o‘qish22 122 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov 10-may kuni o‘tkazilgan brifingda 6-may kuni davlat rahbari raisligida o‘tkazilgan chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi haqida so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Nima uchun bu masala davlat rahbari darajasida o‘tkazildi? Chunki yoshlarning chet tillarini bilishi hamma sohalar rivojiga asos bo‘ladi. Mana, hozir rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda zavodlar, tashkilotlar, universitetlar, klinikalar ochilyapti, texnologiyalar kirib kelyapti. Ularni kim ishlatadi, texnologiyalarni kim tushunadi? Albatta, bularning hammasi uchun chet tilini bilish kerak, buni hayotning o‘zi talab qilyapti.

Rivojlangan davlatlarga borsangiz, hamma yoshlar xorijiy tillarni biladi. Bu bo‘yicha kamchiligimiz bugun barcha sohalarda sezilyapti. Agar endiyam e’tibor bermasak, dunyodan orqada qolib ketamiz”, — dedi davlat rahbari matbuot kotibi.

Asadovning ta’kidlashicha, til o‘rganishni rag‘batlantirishga, kadrlar malakasini oshirishga byudjetdan katta mablag‘lar yo‘naltirilmoqda.

“Hurmatli Prezidentimiz bu borada yangi tizim yaratish, “bog‘cha – maktab – oliy ta’lim – korxona” zanjiri asosida hamma joyda chet tillari o‘rganilishini tashkil etish vazifasini qo‘ydilar. “Maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurti bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart”, dedilar.

Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasi huzurida alohida agentlik tuziladigan bo‘ldi. Til o‘rganishni rag‘batlantirishga, kadrlar malakasini oshirishga byudjetdan katta mablag‘lar yo‘naltirilmoqda. Yig‘ilishda chet tillarini ommalashtirish bo‘yicha qaror ishlab chiqishga topshiriq berildi. Bu sohadagi keng imkoniyatlarni tez orada batafsil bilib olamiz”, — dedi Sherzod Asadov. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar