Daryo

O‘zbekistonda C1 darajadagi xorijiy til bilish sertifikati bor o‘qituvchiga 50 foiz ustama haqi to‘lanadi

Prezident xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qarorni imzoladi

1 daqiqa o‘qish112 353 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qarorni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra:
  • 2021/2022-o‘quv yilidan tuman va shaharlarda 207 ta chet tillarini o‘qitishga ixtisoslashgan maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.
  • Ta’limning barcha bosqichlari pedagoglari, magistratura va doktoranturaga o‘qishga kiruvchilar hamda davlat organlarining xodimlari uchun chet tillarini tegishli darajada bilishni tasdiqlovchi sertifikatga ega bo‘lish talabi o‘rnatilmoqda.
  • Ta’lim muassasalarining kamida C1 darajadagi sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab boriladi.
  • 2022-yil 1-yanvardan boshlab xorijiy tillardan sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralarining barcha bo‘g‘inlari xodimlariga lavozim maoshiga nisbatan qo‘shimcha ustama tashkilotlarning budjetdan tashqari hamda ish haqi fondi doirasida budjet mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
  • Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishganlarni rag‘batlantirish maqsadida maktablar orasida o‘tkaziladigan Prezident sovrini ta’sis etilmoqda (tuman bosqichida 100 milliongacha, viloyat bosqichida 250 milliongacha, respublika bosqichida 500 million so‘mgacha pul mablag‘lari bilan mukofotlanadi).
Bundan avval O‘zbekistonda to‘liq chet tillarida efirga uzatiladigan yangi telekanallar ishga tushirilishi, O‘zbekistonda 2022-yildan davlat idoralariga ishga qabul qilishda xorijiy tilni bilish majburiy talab qilinishi hamda Prezident matbuot kotibi O‘zbekistonda xorijiy tillar “bog‘cha – maktab – oliy ta’lim – korxona” zanjiri asosida o‘rganilishini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar