Shavkat Mirziyoyev raisligida 31-mart kuni makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, aholi farovonligini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda soha vakillariga bir qator topshiriqlar berildi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot kotibi.
“Hozir dunyoda juda murakkab davr davom etyapti. Har kuni yangi sinovlar bilan to‘qnash kelyapmiz. Lekin bu ertaga nima bo‘ladi deb, kutib o‘tirish kerak, degani emas. Muammolarni tezkor aniqlab, hal qilish va yangi imkoniyatlarni izlab topishimiz zarur”, — deydi prezident.
Qoraqalpog‘iston, Andijon, Surxondaryoda tadbirkorlarning muammolarini ichiga kirib, ko‘p takliflar tayyorlangani qayd etilib, qolgan viloyatlarning harakati sust, tashabbus va tahlil yo‘qligi tanqid qilingan.
Masalalarni doimiy tahlil qilish va tezkor choralarni ko‘rib borish maqsadida bosh vazir boshchiligida kundalik ishlaydigan Respublika shtabi tashkil etiladi. Ushbu shtabga viloyat hokimlari va tegishli vazirlar ham a’zo bo‘ladi. Shtab oldiga bozordagi narx-navoni kundalik ahvoli bo‘yicha zarur tezkor choralarni ko‘rib borish vazifasi qo‘yildi.
Izoh (0)