Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, aholi farovonligini oshirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mart oyi boshida kuzatilgan shakarga “ajiotaj” mavzusiga to‘xtaldi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, ayrim hududlarda shakar narxi asossiz oshgan. Ayniqsa, Jizzax, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrida mavjud zaxiralar o‘z vaqtida tarqatilmagani sababli shakar narxi keskin oshgan.
“Savol tug‘iladi: ushbu hududlarning hokimlari va prokurorlari qayoqqa qaragan?”, — deydi prezident.
Shuning uchun viloyat, shahar va tuman hokimlari har kuni o‘z hududidagi oziq-ovqat, ayniqsa, un, shakar va yog‘ning narxini joylarda yurib o‘rganadi va barqarorlikni ta’minlash uchun tezkor tadbirlarni ko‘rib boradi.
Kirib kelayotgan Ramazon oyida narxlarning barqarorligini ta’minlash uchun tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatib, narxlarni arzonlashtirish bu ulug‘ ayyom kunlarida katta savob ekanligini barcha tadbirkorlarga tushuntirishlari kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan. Respublikaga chetdan bug‘doy, o‘simlik yog‘i va shakarni olib kelish bo‘yicha barcha masalalar hal qilib berilgani, endi buni aql bilan samarali tashkil etish kerakligi ta’kidlangan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)