• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Prezident bilan uchrashuvdan bir hafta o‘tar-o‘tmas meni hokim lavozimiga tayinlashdi”. Hokim yordamchisi lavozimida ishlab Mo‘ynoq hokimi bo‘lgan Baxtiyar Menglibekov haqida

    2022-yilning yanvar oyidan boshlab O‘zbekistonda yangi lavozim – hokim yordamchilari 9259 ta mahallada ish faoliyatlarini boshlashdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev qaysi hududga bormasin hamisha hokim yordamchilari bilan muloqotda bo‘lyapti. Bu kabi e’tiborning natijasi esa uzoq kuttirmadi — 7-mart kuni xalq deputatlari Mo‘ynoq tumani kengashining 41-sessiyasida Mo‘ynoq tumani “Madeli” mahalla fuqarolar yig‘ini mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan Baxtiyar Menglibekov tuman hokimi etib tayinlandi. “Daryo” hokim yordamchisi lavozimi, yangi tayinlangan hokimning rejalari haqida so‘z yuritadi.

    Hokim yordamchisi lavozimi qachon va qanday joriy etildi?

    Shavkat Mirziyoyev 2021-yilning 11-oktabr kuni qashqadaryolik saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, ishsizlikni kamaytirish va kambag‘allikni qisqartirish uchun hokim yordamchilari lavozimlarini joriy etish taklifini ilgari surgan edi. Davlat rahbari hokim yordamchilari kredit va subsidiya berishi, mahalladagi tomorqa va bo‘sh yerlardan samarali foydalanishi, kooperatsiyalar tashkil qilish bo‘yicha aholiga ko‘maklashishi haqida aytgan edi.

    Shuningdek, ularning o‘z budjeti bo‘lib, ehtiyojmand oilalarga subsidiyalar ajratish, jamoat ishlariga jalb qilish, yoshlarni kasbga o‘qitishni tashkil etish huquqlari berilishi ta’kidlangan edi. Imtiyozli kredit va subsidiya oladigan aholi va ishsiz fuqarolar bilan kambag‘allikdan chiqish va ko‘proq daromad olishga undaydigan “ijtimoiy shartnoma” tuzishga hokim yordamchilari mas’ul bo‘ladi.

    “Yoshlarni hokim yordamchisi lavozimiga qo‘yishdan oldin 2 oy davomida yangi tizim asosida ishlashga o‘qitamiz, 2-3 yil mahallada ishlab, o‘zini ko‘rsatganlarini kelgusida rahbarlik lavozimlariga qo‘yamiz. Ushbu tizimlar orqali kelgusi besh yilda Kasbi tumanida jami 21 ming nafar aholi doimiy daromad manbasiga ega bo‘ladi”, — degan edi Shavkat Mirziyoyev

    2021-yilning noyabr oyida prezident raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida 2022-yilning 1-yanvaridan respublikaning 9259 ta mahallasida hokim yordamchilari ish boshlashi ma’lum qilindi.

    Prezident 23-noyabr kuni Shayxontohur tumaniga tashrifi davomida yangi tizim asosida mahallalarda tuman hokimi yordamchisi hamda Toshkent shahar hokimining yordamchisi — yoshlar yetakchisi lavozimlarini joriy etish masalasiga alohida e’tibor qaratgandi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Dunyoda bunday tajriba ham, kitob ham yo‘q. Buning uchun avvalo fidoyi bo‘lish, xalqni sevish kerak. Bu ikki lavozimda ishlaydiganlar mahallada islohotlar poydevori bo‘ladi. Ular tadbirkorlikni rivojlantirish, ishsizlikni kamaytirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshiradi. Bu juda katta mas’uliyat va sharaf”, — degan edi prezident.

    Fevral oyi avvalida prezident raisligida o‘tkazilayotgan ipoteka va qurilish materiallari mavzusidagi videoselektor yig‘ilishda o‘zini yaxshi ko‘rsatgan hokim yordamchilari va respublika vakillari mukofotlanishi, yil natijalari bo‘yicha esa “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoniga tavsiya qilinishi, ularga ipoteka asosida kvartira olishda 50 foizgacha subsidiya ajratilishi aytilgandi.

    Farg‘ona shahar hokimligi tomonidan 30 ta hokim yordamchisining barchasi alohida xona, kompyuter jamlanmasi bilan ta’minlangan, har biriga dastlabki va qo‘shimcha to‘lovlarsiz yil davomida bo‘lib to‘lash sharti bilan elektroskuterlar berilgan.

    Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

    Mo‘ynoq tumani hokimi ushbu lavozimgacha bo‘lgan faoliyati, kelajakdagi rejalari haqida

    “Daryo” O‘zbekiston tarixida birinchi bor hokim yordamchisi lavozimida ishlab Mo‘ynoq hokimi bo‘lgan Baxtiyar Menglibekov bilan suhbatlashdi.

    Baxtiyar Menglibekov

    Baxtiyar Menglibekov
    Foto: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi
    1984-yili 11-dekabr kuni Mo‘ynoq tumanida tug‘ilganman. 1991-yili tumandagi 11-sonli umumta’lim maktabiga o‘qishga borganman. Maktabni tugatib, Nukus davlat pedagogika institutining tarix va huquqshunoslik fakultetiga o‘qishga topshirganman. Keyin to‘lov kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganman, lekin o‘qishga sharoitim bo‘lmagan. O‘qishga yana tayyorlandim, kelasi yili esa Toshkent davlat texnika universitetining neft-gaz bo‘limiga o‘qishga topshirdim. Mo‘ynoqda aynan shu soha bo‘yicha ishlar boshlanayotgan edi. Ammo unda men umuman kirolmadim. Keyin esa yana turli fanlardan o‘qishga tayyorlanib yurdim, shu bilan birga, ishladim ham. Chunki daromad topib, oilamga yordam berishim kerak edi. 2004-yilda esa o‘z maqsadimga ham erishdim — Nukus davlat pedagogika institutining Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari fakultetiga o‘qishga kirdim. O‘qish davomida mahallamizdagi “Amudaryo” MCHJ baliqchilik firmasida ishlab keldim. O‘qishni 2008-yili bitirganimda ham o‘sha yerda ishlardim.

    2011-yili Mo‘ynoq tumani hokimligiga yetakchi mutaxassis lavozimiga ishga keldim. Ushbu lavozimda 4 yil ishladim, keyin 1 yil davomida bosh mutaxassis lavozimida ishladim. 2017-yilning mart oyidan boshlab tuman hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishladim. 2022-yilning yanvar oyiga qadar shu lavozimda ishlab keldim, 10-yanvardan boshlab esa yangi tashkil qilingan tuman hokimining yordamchisi lavozimida ish boshladim.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezidentimizning Mo‘ynoqqa kelishlari haqida eshitganimizda bunga tayyorgarlik ko‘ra boshladik. Men bunga qadar prezidentning ikki marta yig‘ilishda qatnashgan edim. Dastlab 2018-yili Qoraqalpog‘istonga, jumladan, Mo‘ynoq tumaniga tashrifi davomida, so‘ng 2019-yili tashrif buyurganlarida ishtirok etganman. Bu yilgisida meni hokim yordamchisi sifatida taklif qilishdi. Davlat rahbari yig‘ilish davomida hokim yordamchilariga ham so‘z berdi. Shu vaqtda men ham prezident bilan gaplashish baxtiga muyassar bo‘ldim. Suhbat davomida men o‘z faoliyatim, mahallabay ishlashning afzalliklari, kelajakdagi rejalarimni aniq aytib berdim. Shu uchrashuvdan bir hafta o‘tar-o‘tmas men hokim lavozimiga taklif qilib, tayinlashdi.

    Biz Mo‘ynoq tumani rivojlantirishga qaratilgan joriy yildagi “yo‘l xaritasini” ishlab chiqdik. Bunda tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi, turizm, sanoat sohalarni rivojlantirish borasida rejalar o‘rin olgan. Shuningdek, prezidentimiz haftada ikki marta Toshkent—Nukus—Mo‘ynoq yo‘nalishida aviaparvozlarni yo‘lga qo‘yish topshirig‘ini berdi. Navro‘z bayrami arafasida birinchi aviaparvozni amalga oshirishni reja qilyapmiz. Aeroport doimiy ishlasa tumanda yashovchi ko‘pgina fuqarolar ish bilan ta’minlanadi, ularning bandligi ta’minlanadi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bundan tashqari, Mo‘ynoq tumaniga Toshkent viloyati biriktirilgan. Ular bilan ham birgalikda ishlayapmiz. Toshkent viloyati hokimligi 200 milliard so‘mdan ortiq biznes loyihalari bilan tumanimizda ishlarni amalga oshiradi. Shu kabi loyihalarni amalga oshirish natijasida 500 dan 1000 nafargacha fuqaroni ish bilan ta’minlash maqsad qilingan.

    Mo‘ynoq tumani hokimi Baxtiyar Menglibekov

    O‘zbekiston prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quronboyev Mo‘ynoqqa tayinlangan yangi hokim haqida e’lon qilarkan, nomzodning Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Milliy kadrlar zaxiraga olingani aytib o‘tgan edi.

    “Faoliyatini samarali olib borayotgan mahalladagi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilarini Milliy kadrlar zaxirasiga kiritish davom etmoqda”, — deb yozgan Qahramon Quronboyev.

    Aytish mumkinki, bu hali boshlanishi. Yuqorida hokim yordamchilariga qanday sharoit yaratib berilgan-u, ularning ish faoliyati qay tarzda rag‘batlantirilishi haqida so‘zladik. Qilingan hech bir yaxshi ish davlat tomonidan bee’tibor qolmasligiga yana bir dalil desak, yolg‘on bo‘lmaydi.

    12.03.2022, 21:55   Izoh (0)   35152
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Kecha televizorda ko‘rsatdi: tushungan, qadriga yetgan odam xursand bo‘lib yig‘ladi” — Shavkat Mirziyoyev o‘zbek paxtasidan boykot olingani haqida

    12.03.2022, 21:19

    “O‘zbekiston uchun hech kim kuyib-pishmaydi. Bu dunyoda unaqasi yo‘q. Faqat o‘zimiz kuyib-pishishimiz kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    12.03.2022, 21:09

    “Aql bilan ishlansa, paxtani manfaatli ekinga aylantirsa bo‘larkan. Majburlamasdan egasiga topshirilsa, foyda qilsa bo‘larkan” — Xayrulla Nuriddinov o‘zbek paxtasi...

    12.03.2022, 21:03

    Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov boshchiligida shahar, tuman hokimlari va tadbirkorlardan iborat delegatsiya Namanganga keldi

    12.03.2022, 19:22

    Bo‘stonliqda fuqaroga qurol o‘qtalgan haydovchi YPX inspektori tomonidan ushlandi

    12.03.2022, 18:33

    Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

    12.03.2022, 18:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.