Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari saylovoldi dasturiga muvofiq, 2022-yilning 1-yanvardan respublikaning 9 ming 259 ta mahallasida hokim yordamchilari ish boshlashini ma’lum qildi.

“Topshirig‘imga ko‘ra, ikki hafta davomida Xudoybergenov [Tursinxon Xudoybergenov - tah. ] boshchiligida ishchi guruh Jizzax viloyatidagi 299 ta mahallaning salohiyati va muammolarini o‘rganib, ular uchun eng munosib nomzodlarni birma-bir suhbat asosida tanlab oldi.

Shuningdek, Arnasoy, Do‘stlik, Zomin, Mirzacho‘l, Sharof Rashidov tumanlari va Jizzax shahrida tuman hokimlari, hokim o‘rinbosarlari, mahalla raislari va tanlab olingan nomzodlar uchun amaliy seminarlar o‘tkazildi.

Kecha har bitta viloyatga respublikadan vakillarni yubordim. Ular ham ikki hafta ichida har bir hududda ‘Jizzax namunasi’ asosida ishni tashkil qiladi”, – deydi Prezident.

Mirziyoyev viloyat hokimlari vakillar bilan birga, o‘n kun muddatda har bir mahalla bo‘yicha hokim yordamchisi uchun nomzodlarni aniqlashi bo‘yicha topshiriq berdi.

Bunda, nomzodning bilimi, tajribasi, tashabbuskorligiga hamda u ish boshlaydigan mahallaning o‘ziga xosligi va mavjud imkoniyatlaridan foydalana olish salohiyatiga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Qahramon Quronboyev viloyat hokimlari bilan birga, 2021-yilning 15-dekabrigacha tanlab olingan nomzodlarni o‘qitishi va zarur sharoitlar yaratib berishi belgilandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda