• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Aql bilan ishlansa, paxtani manfaatli ekinga aylantirsa bo‘larkan. Majburlamasdan egasiga topshirilsa, foyda qilsa bo‘larkan” — Xayrulla Nuriddinov o‘zbek paxtasi qora ro‘yxatdan chiqarilgani haqida

    Jurnalist Xayrulla Nuriddinov “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan “Menimcha” ko‘rsatuvida 10-mart kuni Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi O‘zbekiston paxtasiga e’lon qilingan global boykotni bekor qilgani haqida fikr bildirdi.

    Uning aytishicha, O‘zbekiston botirlik yo‘lini tanlaganidan buyon, ya’ni yelkamizga yuk, boshimizga balo bo‘ladigan muammolarni hal qilish siyosatini boshlaganidan buyon bu masalada ancha-muncha natijaga ega bo‘lindi.

    Bu endi, menimcha emas, balki ko‘pchilik, ayniqsa, chet eldagi ko‘pchilik shunday to‘xtamga kelmoqda. Bittagina misol, shu tugayotgan haftada yuz bergan tarixiy voqea: Cotton Campaign koalitsiyasi bundan 12 yil oldin bizning paxtamizga dunyo bo‘yicha boykot e’lon qilgan edi, tugayotgan haftada ana shu 12 yillik boykot bekor qilindi! Chunki O‘zbekistonda bolalar mehnatidan, odamlarni majburlab paxtaga olib chiqishdan mutlaqo voz kechilganini dunyo tan oldi.

    Boykot nima degani? Bu bizning ne-ne azob bilan yetishtirgan paxtamizni dunyoda bo‘yicha sotilishini cheklab qo‘yish. O‘zbekistonda paxta hosilini yig‘ishda maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilar, talabalar, tibbiyotchilar, umuman  budjet tashkilotlari xodimlarining mehnatidan foydalanilganligi uchun,  2010-yilda ana shu boykot e’lon qilindi. Bu boykotga dunyoning eng yetakchi ishlab chiqaruvchilari, Amazon, Calvin Klein, Adidas kabi jahonga mashhur 300 dan ziyod gigant kompaniyalari qo‘shilgan edi va bizning paxtamizni sotib olishdan voz kechgan edi. Shundan buyon paxtamiz faqat Osiyo qit’asining sanoqli kompaniyalariga sotilayotgan edi, dunyo paxtamizning narxini yerga urayotgan edi. O‘zbek paxtasi tashqi bozorda arzimagan pulga sotilardi-yu, keyin ana shu paxtadan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot falon pullik import mol bo‘lib yana o‘zimizga qaytib kelardi.

    12 yildan buyon bizning oppoq paxtamiz qora daftarga kiritilgan edi, dunyo tomonidan. Ne-ne mashaqqat bilan, yozning saratonida ham, qishning qahratonida ham daladan chiqmasdan, egilib-bukilib paxta yetishtirgan xalqimizning yuzi shuvut edi go‘yo, dunyo qoshida. Etiging oyog‘ingni siqib tursa, dunyoning kengligidan ne foyda, degan xalqimiz. Paxta masalasidagi boykot iqtisodiyotimizning qon tomirlaridan birini siqib qo‘ygan edi. Ana shu 12 yil davomida yelkamizni yuk bo‘lib bosib yotgan masala tugayotgan haftada hal bo‘ldi. Cotton Campaign koalitsiyasi o‘zbek paxtasiga qo‘ygan taqiqni olib tashladi.

    Cotton Campaign koalitsiyasi – bu shunchaki tashkilot emas, yoki qaysidir bitta mamlakatga tobe bo‘lgan tuzilma emas. U inson huquqlarini himoya qiluvchi yuzlab tashkilotlar, yuzlab mustaqil kasaba uyushmalari, yuzlab kompaniyalar va moliyaviy tuzilmalar, yuzlab olimlar va arboblarni birlashtirgan bir ittifoq. Koalitsiya. Uning ichida o‘tirganlarning hammasini bitta to‘xtamga keltirish, hammasining gapi bitta joydan chiqishiga erishish – kechirasiz-u, o‘limdan qiyin masala. O‘zbekiston shuning uddasidan chiqdi. Chunki mamlakat yetakchisi muammoning ko‘ziga tiq boqdi va muammoni hal qilishda o‘zining siyosiy kuchini, azm-u shijoatini namoyon qildi. Bizda bolalar mehnati va majburiy mehnat mavjudligini tan oldi va bularni yo‘qotaman, deb ahd qildi. Ahdining ustidan chiqdi. O‘tgan yilgi paxta mavsumida bittayam bola, bittayam “hasharchi” dalaga chiqqani yo‘q. Dunyo shuni ko‘rdi, bildi. Va boyagi boykotni to‘xtatdi. Bu biz uchun katta yutuq. Ayniqsa, dunyodagi bugungi vaziyatda bu biz uchun Xudoning mehribonchiligi, menimcha.

    Yana aytaman, bu yutuq o‘z-o‘zidan kelib qolgani yo‘q. Shavkat Mirziyoyev bolalarning va budjet tashkilotlari xodimlarining majburiy mehnatiga chek qo‘yish haqida ilk marta gapirganida ancha-muncha odam “endi nima bo‘ladi?” deb boshini qashlab qolgandi. Bu chindanam juda kuchli va juda qat’iy siyosiy qadam edi, shundan keyin bitta mavsumning o‘zida dalaga olti million terimchi chiqmagandi.

    Mana, aql bilan ishlansa, paxtani manfaatli ekinga aylantirsa bo‘larkan. Majburlamasdan egasiga topshirilsa, foyda qilsa bo‘larkan. Mana to‘rtinchi yil boshlandi, manfaatdor joyda paxta ekilyapti, qo‘shimcha qiymat paydo qilinyapti, klaster tizimiga o‘tilyapti. Majburiy mehnatga hojat qolmayapti. Va natija – dunyoda o‘zbek paxtasining nomi oqlandi.

    Xayrulla Nuriddinov

    Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 10-mart kuni Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi O‘zbekiston paxtasiga e’lon qilingan global boykotni bekor qildi.

    Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov O‘zbekiston paxtasiga qo‘yilgan boykotni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorini olqishlashini ma’lum qildi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Cotton Campaign O‘zbekistonni qora ro‘yxatidan chiqargani ham juda katta imkoniyat ekanligini” ta’kidlagan edi. “Buning hisobiga iste’mol mahsulotlarining xomashyosini olib kelib, ularni qayta ishlash orqali qo‘shimcha 1,5 milliard dollarlik mahsulotni bemalol eksport qilsa bo‘ladi”, — degan edi davlat rahbari.

    12.03.2022, 21:03   Izoh (0)   17121
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov boshchiligida shahar, tuman hokimlari va tadbirkorlardan iborat delegatsiya Namanganga keldi

    12.03.2022, 19:22

    Bo‘stonliqda fuqaroga qurol o‘qtalgan haydovchi YPX inspektori tomonidan ushlandi

    12.03.2022, 18:33

    Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

    12.03.2022, 18:11

    Facebook’da o‘zini Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi sifatida tanishtirib, fuqaroni 11 ming dollarga chuv tushirgan shaxs 5 yarim yilga qamaldi

    12.03.2022, 17:57

    Farg‘onada 100 ming so‘mlik qalbaki kupyuraga dorixonadan dori sotib olgan ayol ushlandi

    12.03.2022, 16:56

    Qamchiq dovoni vaqtincha yopilgani sabab maxsus reys orqali poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

    12.03.2022, 16:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Mahalliy davlat organlarining 92 ta funksiyasi keraksiz degan xulosaga keldik” — adliya vaziri

    O‘zbekiston | 16 avgust, 08:24

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.